Stokholm - Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyati ko‘rib chiqilyapti
O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasida Swedavia Airports va Aviareps kompaniyalari mas’ullari bilan muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo
Uchrashuv Stokholm-Toshkent-Stokholm yo‘nalishi bo‘ylab aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.
Shvetsiya tomonida ushbu yo‘nalishda aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan diplomatik vakolatxona xodimlari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari va boshqa iqtisodiy jihatlari ma’lum qilindi.
Bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish hamda kelgusida muhokamalarni O‘zbekistonning tegishli idoralari bilan davom ettirish bo‘yicha kelishib olindi.
Mavzuga oid

17:44 / 27.02.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida birinchi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

08:50 / 21.02.2025
Wizz Air O‘zbekiston hududida qo‘shma aviakompaniya tashkil etishi mumkin

16:26 / 29.01.2025
Stokholmda avtomobil Rossiya elchixonasi darvozasiga borib urildi

18:46 / 10.01.2025