Navoiyda 3 tup daraxtni kesgan rahbar tabiatga 92 mln so‘m zarar yetkazdi 

Jamiyat 21:06 / 07.08.2023 17883

Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan Navoiy shahrida o‘tkazilgan reydda qonunbuzarlik holati aniqlangan. 

Jumladan, «Tong» majmuasi hududida I.G.N. MChJ tomonidan qurilish ishlari olib borilayotganida 3 dona tut daraxti tag qismidan kesib tashlangan. Oqibatda tabiatga 92 mln 400 ming so‘m zarar yetkazilgan. 

Holat yuzasidan korxona rahbariga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. 

Hozirda to‘plangan hujjatlar sud organlariga yuborilib, tabiatga yetkazilgan zararni undirish choralari ko‘rilayotgani aytilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: