Qashqadaryoda YTHga uchragan ikki tojikistonlik qutqarildi

Jamiyat 12:49 / 06.08.2023 16903

Qashqadaryo viloyatidagi G‘uzor daryosiga tushib ketgan yuk mashinasidagi ikki nafar Tojikiston Respublikasi fuqarosi pachoqlangan temirlar orasida qisilib qolib, tan jarohati oldi. Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari ularning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, kecha, 5 avgust kuni soat 17:40 larda G‘uzor tumanining Obi-hayot mahallasida joylashgan Pachkamar qishlog‘i hududidan o‘tuvchi Termiz—Toshkent M-39 avtomobil yo‘lining 1249-kilometrida DAF rusumli yuk mashinasi haydovchisi ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, G‘uzor daryosiga tushib ketgan. Natijada ikki nafar Tojikiston Respublikasi fuqarosi pachoqlangan temirga qisilib qolib, tan jarohati olgan.

«Kelib tushgan xabarga ko‘ra, G‘uzor tuman FVBdan qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 17:55 larda yetib borgan, yong‘in-qutqaruvchilarining sa’y harakatlari va mahalliy fuqarolar ko‘magida ikki nafar fuqaro qutqarilib, tuman tibbiyot birlashmasiga yuborildi. Hozirda fuqarolar shifokorlar nazoratida», deyiladi boshqarma axborotida.

Holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: