O‘tgan martadagidek bunga sabab juda ko‘p, lekin ularning birortasi konkret emas. Aftidan, rublning barqarorligini qo‘llab-quvvatlashga futur yetganga o‘xshamoqda. Bu nimaga olib keladi?
Jurnalist va iqtisodiy sharhlovchi Tatyana Ribakova o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.
Payshanba kuni Rossiya rubli antrekord o‘rnatdi: dollar 6 iyul kungi maksimumdan ham oshib, 94 rubllik ko‘rsatkichni urdi.
Tahlilchilar o‘tgan marta sanab o‘tilgan sabablarni yana tilga ola boshlashdi: eksport daromadlari pasaygani fonida importning oshishi valuta taqchilligini keltirib chiqargani; urush davrida 253 mlrd dollar yoki YaIMning 13 foiziga yetgan kapitalning oqib chiqib ketishi; eksportchilar soliq to‘lash uchun valuta sotadigan soliq davrining yakunlangani. Biroq bu omillar avval ham ta’sir qilib kelgan, ammo rubl mustahkamlanishda davom etgandi. Boz ustiga, soliq davri 28 iyulda tugagan bo‘lsa-da, rubl 26 iyuldan boshlab qadrsizlana boshladi.
Yanada o‘ziga xos sabablar ham bor
Masalan, RF Moliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, iyul oyida Rossiya neftining o‘rtacha narxi barreliga 64,37 dollarga yetgan, garchi bir oy muqaddam 55,28 dollar bo‘lgan esa-da. Kuzatuvchilarga ko‘ra, Moliya vazirligi bu holda budjet qoidasiga ko‘ra valuta xarid qilishni qaytadan boshlashi kerak edi: idora payshanba kuni valutani 7 avgustdan boshlab xarid qilishini va’da qilib tegishli hujjatni e’lon qilgan, garchi avvalroq rublga qo‘shimcha bosim qilinmasligi uchun valuta xaridi amalga oshirilmasligini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng rublning qulashi davom etdi.
«Ekonomika v karmane» Telegram-kanalining qayd etishicha, neft narxi oshishi import hajmining tanazzuli bilan davom etdi: ko‘rsatkich sutkasiga 900 ming barreldan ko‘proqni tashkil etgan. Butun tanazzul Osiyo hissasiga to‘g‘ri kelgan – ular Rossiyadan sezilarli darajada kamroq neft xarid qila boshlashgan, ayniqsa Hindiston. Eksport kamaydimi — eksport tushumlari ham kamayadi, garchi narxlar oshgan bo‘lsa ham.
Aftidan, rubl tanazullining bosh farazi tasdiqlanmoqda: valuta taqchilligi. Har qanday valuta bilan bog‘liq taqchillik.
Unutmaslik kerakki, o‘sha Hindiston banklarida Rossiya neftchilariga yetkazib berilgan neft uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan milliardlab pullar hind rupiyalarida to‘planib o‘tibdi, ularni hozir konvertatsiya qilish imkonsiz. Garchi RF MB ichki bozorda 1,7 mlrd rubllik yuan sotgan bo‘lsa ham, hozircha rublga buning ta’siri aslo sezilmadi.
Sabab oddiy valuta yetishmovchiligida ekaniga 2023 yilning iyulida Rossiyada muomalada bo‘lgan naqd pullar miqdori 388,7 mld rubga yetgani to‘g‘risidagi statistika ham guvohlik berib turibdi — bu o‘tgan yilning shu davri (97,7 mlrd rubl)ga nisbatan 4 barobar ko‘p. Markaziy bank bu ta’tillar mavsumi boshlangani va «qo‘shib olingan» hududlarda naqd pullar bilan hisob-kitob qilinayotgani bilan bog‘lamoqda. Biroq bunda valuta xarid qilish ham kam rol o‘ynamagan, degan taxminlar bor: ayrimlar naqd dollar va yevro xarid qilishgan, ikkinchilari — naqd ko‘rinishda bo‘lmagan yuan, uchinchilari esa to‘plagan rubllarini sotib, mablag‘larini chet elga olib chiqishgan. Iyul oyi boshlarida tanazzulga uchraganidan so‘ng rublning ojizgina tiklanishi, yangi safarbarlik to‘g‘risidagi mish-mishlar RF Davlat dumasi tomonidan qabul qilingan yangi qonunlar bilan birga odamlarni aktivlarini rublda saqlab turish istagidan voz kechishga majbur qildi.
Aftidan, rublning mustahkamlanish davri nihoyalanganga o‘xshayapti. Endi nima bo‘ladi?
Birinchidan, inflatsiya kuchayadi. U avgust oyidan boshlab o‘sa boshlagan, pishiqchilikdagi arzon meva-sabzavotlar mavsumi tugagach, o‘sish sur’atlari yanada tezlashishini kutish mumkin — qachonki o‘rtacha rossiyalikning iste’mol savatchasida mahsulotlar katta o‘rin egallay boshlagach, o‘sha ko‘p tilga olingan «borshch to‘plami» muhim inflyatsion omilga aylana boshlagach. Bu yerga rublning devalvatsiyasi va sanksiyalarga chap berish qimmatga tushayotgani sababli import qilinayotgan tovarlarning naxlarini oshirish rejalashtirilayotganini ham qo‘shing. Rossiyada ishlab chiqarilayotgan milliy tovarlar narxining oshishi ham kutilmoqda — bozorning monopollashgani, har qanday milliy mahsulotda import xomashyo va butlovchi qismlar ulushi kattaligi tufayli.
Bu manzaraga Ukrainada jang qilayotganlar va ularning oilasiga to‘lanadigan to‘lovlar, mudofaa sohasi va kadrlar yetishmovchiligiga duchor bo‘lib turgan ko‘plab sohalarda oylik maoshlarning oshirilishini ham qo‘shing. Rosstat yarim yil ichida fuqarolar daromadlari 4,7 foizga oshganini qayd etdi.
To‘g‘ri, Rosstatning hisob-kitob usuli ham shubhadan xoli emas, biroq prezident Putinning fuqarolar daromadlarini oshirish to‘g‘risidagi topshirig‘idan so‘ng statistik idora o‘z baholashlarini qayta ko‘rib chiqib, ko‘rsatkichni 44 barobarga oshirgan — 0,1 foizdan 4,7 foizgacha. Biroq, nima bo‘lganda ham, aholining ma’lum bir guruhlari pullarni olishmoqda — ayrim holatlarda, ayniqsa urush qatnashchilari bilan bog‘liq hollarda bu pullar ular har qachon olib kelganidan ham karrasiga ko‘proq. «Quturtiradigan» deya atalayotgan miqdordagi bu pullar mutlaqo kutilmagan narsalarga sarflanmoqda. Bu pullar aksariyat hollarda pulni oqilona ishlata oladigan, sarmoya qila oladiganlarning qo‘liga tushmayapti. Bu ham inflatsiyaning muhim omillaridan biriga aylanmoqda.
Ikkinchidan, Markaziy bank qo‘l qovushtirib o‘tira olmaydi. Idora anchadan buyon iqtisodiyot qizib ketayotganidan, vaziyatni iziga tushirishga bir o‘zining kuchi yetmasligidan ogohlantirib keladi. Albatta, MBning asosiy stavkasi yana oshirilsa kerak — inflatsiya tezroq o‘sa boshlasa, bu voqea rejali yig‘ilishdan avvalroq ham sodir bo‘lishi mumkin. Yaqin kunlar ichida MB bozorga yuanlarni sotib chiqish qilsa kerak, biroq bu harakat ham mavjud omillar to‘plami bilan rublga ko‘p ham yordam bera olmasa kerak. Rublga ko‘proq neft narxining oshishi yordam bera oladi, biroq bu yerda ham hammasi narx o‘sishidan olinadigan qo‘shimcha daromadlar eksport hajmining kamayishi tufayli yo‘qotishlarning o‘rnini nechog‘lik qoplay olishiga bog‘liq. Nima bo‘lganda ham, bu yerda umid boshqa narsalardan ko‘ra kattaroq.
Har qanday holatda rublni bundan buyog‘iga kuchli mustahkamlanish kutmayotganini mavjud reallik deb tan olishga to‘g‘ri keladi.
Dollar va yevro kurslari bundan buyon ham faqat tanaffuslarda biroz barqarorlashib, sakrab-sakrab o‘sa boshlaydi. Agar valutani chet elga olib chiqib ketish qoidalari qat’iylashtirish yoki Rossiya moliya tizimi yanada kuchliroq ihotalash kabi choralar qo‘llanilmasa.
Ikkinchi hol hozircha ancha real ko‘rinishga ega: «Tinkoff» banki va «Yunistrim» to‘lov tizimiga joriy qilingan sanksiyalar «masofdan turib ishlovchilar»ga Rossiyadan pul olishnni qiyinlashtirib yuborgan.
Xo‘sh, buyog‘iga nima qilish kerak?
An’anaviy maslahat — keskin o‘sish sharoitida valuta xarid qilmaslik lozim, buning uchun rublning mustahkamlanishi va kurs barqarorlashuvi davrini kutish kerak. Yaxshisi bir maromda, bir necha bor dollar xarid qilish kerak, chunki eng afzal kursni baribir avvaldan topib bo‘lmaydi. Joriy xarajatlar uchun pullarni rublda qoldiravergan ma’qul.
Darvoqe, Rossiya fond bozori hech narsaga e’tibor bermasdan o‘sishda davom etmoqda. To‘g‘rirog‘i, bo‘layotgan ishlar sharofati tufayli o‘smoqda: rublning kuchsizlanishi investitsion vositalarning cheklangani bilan birga, uni investitsiya uchun muqobillardan xoli usulga aylantirmoqda. Bu narsa turk lirasining devalvatsiyasi chog‘ida Turkiya fond bozorida, sanksiyalar joriy qilinganda Eron fond bozorida ham ro‘y bergan.
Ushbu satrlar yozilayotganida Moskva fond bozorida dollarning kursi 95,68 rubl miqdorida qayd etilgan edi. Orada dollar 96 rubllik chegarani ham bir zabt etdi.