Namangandagi Chortoq dehqon bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
250 kvadrat metr maydonda do‘kon va savdo rastalarining ichki qismida bo‘lgan mahsulotlar yonib ketgan.

Videodan kadr
Bugun, 5 avgust kuni soat 03:39 da Namangan viloyati Chortoq tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga «Namangan» MFY Mustaqillik shohko‘chasida joylashgan Chortoq dehqon bozori hududida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan zudlik bilan voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 250 kvadrat metr maydonda do‘kon va savdo rastalarining ichki qismida bo‘lgan mahsulotlari yonib ketgan. Tezkor harakatlar natijasida yong‘in kengayib ketishining oldi olinib, 4000 kvadrat metr maydon saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

10:23
Toshkentdagi savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘ldi

21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

18:55 / 01.03.2025
Toshkentdagi 9 qavatli uyda yuz bergan yong‘in vaqtida bir kishi o‘zini pastga tashlab halok bo‘ldi

13:49 / 28.02.2025