Misr O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati uchun mahsulotlar ishlab chiqarmoqchi
O‘zbekistonning Misrdagi elchisi Mansur Qilichev ishtirokida “O‘zavtosanoat” va Elsewedy Electric bosh direktori Abdulaziz Gamal o‘rtasida video-konferens-aloqa orqali muzokaralar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: evu.uz
Uchrashuvda avtomobilsozlik sanoati ehtiyojlari uchun kabel va sim mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga Misr tomonidan investitsiya jalb qilish, shuningdek, mamlakat eksporti geografiyasini birgalikda kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston avtosanoati uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga yo‘naltirilgan sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish yo‘llarini o‘rganish maqsadida muvofiqlashtirish va tezkor axborot almashish uchun mas’ul xodimlar tayinlandi.
Loyihaning texnik xususiyatlari, hajmlari va yer uchastkasi haqida ma’lumot olingandan so‘ng, batafsil muhokama uchun seminarlar o‘tkazishga ham kelishib olindi.
Shu o‘rinda qayd etish joizki, Elsewedy Electric transmilliy kompaniyasi 1938 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 17 ming nafar xodimga ega. Uning aktivi – 6 milliard dollar, yillik daromadi – 3 milliard dollarni tashkil qiladi.
Mavzuga oid

16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

10:14 / 05.03.2025
Arab sammiti Misrning G‘azo sektori bo‘yicha rejasini qo‘llab-quvvatladi

18:36 / 20.02.2025
Misrda 100 yil ichida ilk bor fir’avn qabri topildi. Unda Tutmos II dafn etilgan

22:23 / 19.02.2025