Kibersport bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Saudiya Arabistonidagi xalqaro musobaqa g‘olibiga aylandi

Foto: Team Uzbekistan
Espors Uzbekistan Federatsiyasi tashkil etgan «Team Uzbekistan» milliy terma jamoasi «CS:GO» yo‘nalishida xalqaro musobaqada ishonchli o‘yin ko‘rsatib g‘oliblikka erishdi.
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan 15-jahon chempionati uchun mintaqaviy saralash hamda Osiyo chempionati vazifasini o‘tab beruvchi «Gamers-8» turniri guruh bosqichini vakillarimiz muvaffaqiyatli boshlab, pley-off bosqichiga yo‘l olishdi.
Pley-offning «Winner» setkasiga yo‘l olgan holda ketma-ket g‘alabalarni qayd etgan o‘zbekistonlik kibersportchilar grand finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
The last GRAND FINAL is ongoing. Let's catch the closing CS:GO match of the Asian Championship! 🤩
— IESF (@iesf_official) July 17, 2023
🔴LIVE 👇🏻
🎬 https://t.co/1sFpd1Ekhl
🎬 https://t.co/tagtXoWnEV#WEC23 #iasi2023 #worldespors #IESF #gamers8 #Riyadh pic.twitter.com/RJDHUFWMFQ
Hal qiluvchi o‘yinda esa O‘zbekiston milliy jamoasi Mo‘g‘uliston bilan bahslashib, raqibni mag‘lub etgan holda Kibersport tarixida ilk marotaba tashkil etilgan ushbu yirik xalqaro musobaqa chempionligini qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid

10:33 / 11.03.2025
Zelenskiy Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi

16:37 / 10.03.2025
CNN: AQSh Saudiya Arabistonida nafaqat Ukraina, balki Rossiya bilan ham alohida muzokaralar o‘tkazadi

19:00 / 07.03.2025
Bayramlar uchun ajoyib sovg‘a - bu abadiy esda qoladigan sayohat!

21:44 / 04.03.2025