Surxondaryoda 100 yoshli otaxon saylov uchastkasiga o‘zi borib ovoz berdi
U saylovga 95 yoshli turmush o‘rtog‘i va 15 nafar oila a’zosi bilan birgalikda borgan.

Surxondaryoliklar ham muhim siyosiy tadbir – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishmoqda. Saylov uchastkalaridan saylovchilarning qadami uzilmayapti.
Hatto nuroniy otaxonlar-u onaxonlarning o‘zlari oila a’zolari bilan saylov uchastkasiga kelib, o‘z nomzodiga ovoz berishmoqda.
Jumladan, viloyatning Denov tumanida joylashgan 690-saylov uchastkasida Chim mahallasida yashovchi, 100 yoshni qarshilagan Xurram bobo Eshqobilov ovoz berdi. U saylovga 95 yoshli turmush o‘rtog‘i Urpiya momo Eshqobilova hamda 15 nafar oila a’zosi bilan birgalikda tashrif buyurgan.
Saylov uchastkasiga raisi Jamshid Pardayevga ko‘ra, mazkur uchastkada 2 423 nafar fuqaro saylovida ovoz berishi uchun ro‘yxatga olingan. 116 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz bergan.
Mavzuga oid

12:40 / 23.02.2025
Surxondaryodagi milliy tabiat bog‘ida fotoqopqonga qor qoploni tushdi

01:46 / 13.02.2025
Gretsiyada yangi prezident saylandi

13:08 / 10.02.2025
Kosovodagi saylovlarda bosh vazir Kurtining hukmron partiyasi g‘alaba qozondi

21:57 / 07.02.2025