Yangi Google smartfonlaridan kompyuter o‘rnida foydalanish mumkin
Qurilmalar ofisdagi yengil ishlarni bajarish va multimedia fayllarini tinglash uchun ishlatilishi mumkin.

Foto: Sam Rutherford/Engadget
Google Pixel 8 va Pixel 8 Pro smartfonlarni USB-C orqali monitor va televizorlarga ulash va shaxsiy kompyuter sifatida foydalanish imkonini beruvchi DisplayPort funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda AndroidAuthority xabar berdi.
DisplayPort rejimida Pixel 8 va Pixel 8 Pro smartfonlari USB-C orqali nafaqat video, balki audioni ham uzata oladi. AndroidAuthority ushbu funksiyadan foydalanish istiqbollari «cheksiz» ekanligini yozdi.
Google birinchi navbatda shaxsiy kompyuter o‘rniga smartfondan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Pixel smartfonlari allaqachon klaviatura va sichqonchani qo‘llab-quvvatlaydi, shuning uchun ular ofisdagi yengil ishlarni bajarish va multimedia fayllarini tinglash uchun ishlatilishi mumkin.
Smartfondan shaxsiy kompyuter sifatida qulayroq foydalanish uchun Google ularda ish stoli rejimini joriy qilmoqchi. U Android interfeysini sichqoncha va klaviaturani boshqarish uchun moslashtirish imkonini beradi.
Mavzuga oid

19:09 / 10.03.2025
Apple eng kutilgan yangi mahsulotini chiqarishni kechiktirdi

00:09 / 20.02.2025
Google Italiyaga soliq tergovini hal etish uchun 340 mln dollar to‘laydi

22:28 / 19.02.2025
Apple yangi «hamyonbop» iPhone 16E smartfonini taqdim qildi

20:04 / 14.02.2025