Toshkentda avtoturargohda turgan 2 ta yuk avtomobili yonib ketdi
Sergeli tumanida joylashgan avtoturargoh hududida yong‘in sodir bo‘ldi.

Foto: Videodan kadr
Kecha, 14 iyun kuni soat 20:32 da Toshkent shahar Sergeli tumani “So‘g‘diyona” MFY Obihayot ko‘chasida joylashgan yuk avtomobillar turargohida yong‘in sodir bo‘lgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, turargohda turgan parfyumeriya mahsulotlari yuklangan yuk tashuvchi avtomobilida yong‘in yuzaga kelgan va uning yaqinida bo‘lgan boshqa bir yuk avtomobili ham yong‘indan zararlangan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 20:39 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 20:44 da o‘rab olingan va soat 20:51 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

10:23
Toshkentdagi savdo majmualarining birida yong‘in sodir bo‘ldi

21:23 / 09.03.2025
Nyu-Yorkda yong‘inlar sabab favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

18:55 / 01.03.2025
Toshkentdagi 9 qavatli uyda yuz bergan yong‘in vaqtida bir kishi o‘zini pastga tashlab halok bo‘ldi

13:49 / 28.02.2025