O‘zbekiston | 16:31 / 07.06.2023
11535
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Italiyaga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Rim va Milan shaharlarida oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, qator ikki tomonlama uchrashuvlar hamda Italiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan muloqot o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid