Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona davlat universiteti dunyoning nufuzli reytingidan joy oldi
Jahonning eng nufuzli xalqaro universitetlar reyting tashkiloti “Round University Ranking” – “RUR” tomonidan bugun e’lon qilingan natijalarga ko‘ra, Farg‘ona davlat universiteti o‘qitish indikatori bo‘yicha TOP - 883-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston oliygohlari ichida esa 7-o‘ringa munosib deb baholandi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’tirof etilgan ushbu reyting tashkiloti ro‘yxatida yetakchi oliy ta’lim muassasalari safidan o‘rin egalladi.
Ma’lumot uchun, mazkur reyting tizimi – 2010 yilda ishga tushirilgan va dunyoning 82 ta davlatida joylashgan 1 215 ta oliy ta’lim muassasalarining 4 ta yo‘nalishda (ta’lim, ilmiy tadqiqot, xalqaro hamkorlik, moliyaviy barqarorlik) 20 ta indikator asosida reyting baholash tizimidir.
“Round University Ranking” – “RUR” uchun barcha ma’lumotlar Tomson Reyters xalqaro kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Reyting tashkiloti reytinglari 2010 yildan hozirgi kungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u manfaatdor tomonlar faoliyati to‘g‘risida yetarli ma’lumotni taqdim etishga qaratilgan baholash tizimi sifatida ishlab chiqilgan.
Barcha dastlabki ma’lumotlar (talabalar soni, akademik xodimlar va boshqalar) Thomson Reuters tomonidan Global Institutional Profiles Project (GIPP) deb nomlangan maxsus ma’lumotlar so‘rovi orqali taqdim etiladi. Ushbu so‘rov har yili bahorda o‘tkaziladi va butun dunyo bo‘ylab 700-800 ta oliy ta’lim muassasalarini qamrab oladi.
Yuqoridagi ko‘rsatkichlar asosida xulosa qilish mumkinki, bugun Farg‘ona davlat universiteti xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingi ro‘yxatiga kirish uchun jiddiy raqobatga kirishgan va dunyoning kuchli universitetlari qatoridan joy olish uchun o‘z strategiyasiga ega.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskva sudi jurnalist Yuriy Dudni sirtdan hibsga oldi
Jahon | 14:15
-
Mehnatni muhofaza qilish tizimiga xalqaro standartlar joriy etilmoqda
O‘zbekiston | 14:05
-
O‘zbekiston va Pokiston mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 13:58
-
JSST omboriga hujum qilgan Isroil, Ahmad ash-Shar’aga uyushtirilgan suiqasdlar va yana YuNeSKOdan chiqayotgan AQSh – kun dayjesti
Jahon | 13:55
Mavzuga oid

19:45 / 30.01.2025
“Hali magistratura, aspiranturada ham o‘qiyman” – 70 yoshida talaba bo‘lgan otaxon

19:00 / 16.03.2024
Farg‘ona davlat universitetida "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash - bosh maqsadimiz" mavzusida Respublika o‘quv-seminari o‘tkazildi

09:32 / 02.06.2023
Farg‘ona davlat universiteti Times Higher Education reytingidan joy oldi

19:24 / 12.12.2022