Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Hali magistratura, aspiranturada ham o‘qiyman” – 70 yoshida talaba bo‘lgan otaxon
Avaz ota Mazaidov ayni paytda Farg‘ona davlat universiteti talabasi. Uch qizning otasi, 11 nevara bobosi bo‘lgan talabani ko‘pchilik universitet o‘qituvchisi deb o‘ylaydi. “Oliy ma’lumotli bo‘lishning erta, kechi yo‘q. Bolalikdagi orzumga 70 yoshimda erishdim”, – deydi u.

“Turmush o‘rtog‘im oliy ma’lumotli bo‘lgani uchun ko‘p bahslashardik. Diplomim yo‘qligidan uning yonida xijolat bo‘lardim. Kun kelib baribir talaba bo‘laman deb jiddiy ahd qilgan edim. Nasibamiz qo‘shilgan ekan. Avval yuridik texnikumini tamomladim. Endi esa Farg‘ona davlat universitetining “Yurisprudensiya” fakulteti 3-kurs talabasiman.

Har kuni Qo‘qondan Farg‘ona shahriga qatnayman. Kursdosh do‘stlarim nevaralarim qatori. O‘qishga kelishda yo‘l-yo‘lakay o‘zimga yaqin kursdoshlarimni uyqudan uyg‘otib mashinamga solib olib kelaman. “Avaz tog‘a” deb hazil qilishadi doim ular. Kursdoshlarimni to‘g‘ri tushunaman.
Uch nevaram o‘zim qatori talaba. “ToshMI”da o‘qiydigan nevaram har doim bobojon joningizni qiynab shu yoshingizda o‘qib nima qilasiz, o‘zimiz sizni boqib olamiz deya ko‘p aytadi. Uning gapiga javoban bakalavrdan keyin hali magistratura, aspiranturada o‘qishni ahd qilganimni aytaman. Shundan keyin bu mavzu yopiladi. Sog‘-salomat bo‘lsak, o‘sha kunga ham yetarmiz.

Xatim xunuk bo‘lgani uchun nevaralarim darslarimni qilishda yordam beradi. O‘tilgan darslarni daftarga tushirib berishadi.
Universitetda ko‘pchilik o‘qituvchi deb o‘ylaydi. Ustozlarning o‘rindig‘i yumshoq bo‘ladi-ku. Tanaffus paytida ularning joyiga o‘tirib olganimda tashqaridan eshikni ochib o‘quv xonasiga kirmoqchi bo‘lgan talabalar meni ko‘rib o‘qituvchi deb o‘ylab, uzr so‘rab chiqib ketishadi. Kulib qo‘yaman...
Hali-hanuz yodimda. 1-kursman. O‘quv yili boshlanganida, birinchi darsga kirganimda o‘qituvchim qo‘limdagi portfelni ko‘rib “komissiya keldi” deb o‘ylab sarosimaga tushib qolgan. Kulgidan o‘zimni tiya olmaganman o‘shanda”, — deydi Avaz ota Mazaidov.
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Operator va montajchi – Sardor Mamirov.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

13:34 / 05.07.2025
Farg‘onadagi Malibu ishi: haydovchi viloyat IIB YHXB boshlig‘ining turmush o‘rtog‘i ekani ma’lum bo‘ldi

21:00 / 01.07.2025
Trenddagi gap: “Koreyada $3-5 ming topsa bo‘larkan!?”

09:26 / 01.07.2025
Ayrim bitiruvchilar Xitoyda amaliyot o‘tishi va ishlashi mumkin bo‘ladi

14:39 / 26.06.2025