Budapeshtda O‘zbekiston-Vengriya rektorlari forumi bo‘lib o‘tdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komil Karimov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Budapeshtda bo‘lib o‘tgan ikkinchi O‘zbekiston-Vengriya rektorlari forumida ishtirok etdi.

Foto: Dunyo AA
O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, anjuman doirasida ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari va chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, kadrlar tayyorlash va qo‘shma innovatsion dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Vengriya tomoniga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan istiqbolli ta’lim va ilmiy loyihalar taqdim etildi.
Muzokaralar natijasida mashinasozlik, mexatronika, robototexnika, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda 30 dan ortiq memorandum va bitimlar imzolandi hamda kadrlarni birgalikda tayyorlash bo‘yicha o‘zaro hujjatlar almashildi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Vengriyaning qator universitetlari, shuningdek, Tashqi ishlar va savdo, Madaniyat va innovatsiyalar vazirliklarida alohida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.
O‘zbekistonning Budapeshtdagi elchixonasida Vengriyada aksariyati «Xungarikum stipendiyasi» ta’lim granti asosida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan ham alohida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid

20:07 / 05.03.2025
Yevroparlamentda Vengriyani ovoz berish huquqidan mahrum etish va YeI armiyasini tuzish taklif qilindi

17:14 / 04.03.2025
Politico: YeI Vengriyaning e’tirozi sabab Ukrainaga 20 mlrd yevrolik harbiy yordam paketi ajratishni to‘xtatib qo‘ydi

23:20 / 25.02.2025
Vengriya sakkiz nafar rossiyalik YeI sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarilishini talab qildi

08:50 / 21.02.2025