«Inter» «Milan»ni javob bahsida ham mag‘lub etdi va 13 yildan so‘ng YeChL finaliga yo‘llanma oldi

Foto: Getty Images
Yevropa Chempionlar Ligasida dastlabki finalchi aniqlandi.
«Inter» «Milan»dan javob bahsida ham to‘p o‘tkazmasdan ustun keldi. Lautaro Martinesning yagona goli «neradzurri»ga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa «Inter» 13 yillik tanaffusdan so‘ng nufuzli yevrokubok finalida o‘ynaydigan bo‘ldi. «Ko‘k-qoralar» oxirgi bor 2010 yili «Bavariya» (2:0) bilan hal qiluvchi bahsda to‘qnash kelib, qit’ada tengsiz klubga aylangandi.
Indzagi jamoasining finaldagi raqibi 17 may kungi «Manchester Siti» — «Real» o‘yinida aniqlanadi. Madridda 1:1 hisobi qayd etilgan.
YeChL. Yarimfinal. Javob o‘yini
Inter — Milan 1:0
16 may, «Juzeppe Meatssa»
Gol: Martines (74).
Inter – Onana, Dumfris, Darmian, Acherbi, Bastoni, Dimarko (Gozens, 66), Mxitaryan (Brozovich, 44), Chalxono‘g‘li, Barella (Galyardini, 84), Jyeko (Lukaku, 66), Martines (Korrea, 84).
Milan – Menyan, Kalabriya, Tomori, Tiav (Kalulu, 64), Ernandes, Krunich, Dias (Origi, 76), Tonali, Leau, Messias (Salemakers, 76), Jiru.
Ogohlantirishlar: Tiav (56), Barella (79), Tonali (79), Krunich (81), Tomori (82), Martines (82).
Birinchi o‘yin — 2:0.
Mavzuga oid

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

02:55 / 20.02.2025
«Real» Mbappening het-trigi evaziga «Siti»ni mag‘lub etdi, «PSJ»da 7:0

03:12 / 13.02.2025
YeChL. «Bavariya» Glazgoda g‘alaba qozondi, «Milan» Rotterdamda yutqazdi, «Atalanta»da ham mag‘lubiyat

03:01 / 12.02.2025