Bugun, 15 may kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Oltin qalam” XVII milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning g‘olib va sovrindorlari e’lon qilindi va tantanali ravishda taqdirlandi.
Tanlovda Kun.uz jamoasi a’zolari ham g‘oliblar qatorida e’tirof etildi.
Saytimizda e’lon qilib kelinadigan ko‘plab reportajlar, intervyu va tahliliy materiallar muallifi Jamshid Niyozov “Oltin qalam” tanlovining internet-jurnalistika yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblardan biri sifatida taqdirlandi.
Ijodiy-tahliliy materiallar muallifi, kolumnist Shokir Sharipov “Internet tarmog‘ida e’lon qilgan eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasida g‘oliblardan biri bo‘ldi. Shokir Sharipov Kun.uz homiyligidagi kreativ ijtimoiy multfilmlar loyihasi muallifi hisoblanadi.
Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XVII xalqaro tanlovining Bosh milliy mukofoti Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti jamoasiga topshirildi. Mukofotni jamoa nomidan fakultet dekani Mahliyo Mirsoatova qabul qilib oldi.
Quyida barcha nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar ro‘yxati keltirib o‘tiladi.
Internet jurnalistikasi yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:
- O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari Xudoyberdiyev Xushnud G‘ayratovich
- Kun.uz sharhlovchisi Niyozov Jamshid O‘rolovich
- “davletovuz” telegram kanali asoschisi Qobil Xidirov
Radio yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:
- “Avtoradio”da dasturlar bo‘yicha direktor hamda efir boshlovchisi Nazira Inoyatova
- “ORIAT Dono” radiosi muharriri Botir Imomaliyev
- Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasi “Yangi asr” radiokanali bosh muharriri Ilhom Raxmatov
Televideniye yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:
- “O‘zbekiston 24” teleradiokanali direktorining o‘rinbosari Shunqor Choriyev
- “Milliy” telekanali Ijtimoiy-ma’rifiy dasturlar bo‘limi boshlig‘i, “Otalar so‘zi” loyihasi badiiy rahbari Yulduz Hoshimova
- “Mening yurtim” telekanali “Markaziy studiya” informatsion loyihasi 1-toifali muxbiri Yulduzxon Olimova
Bosma ommaviy axborot vositalari yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar:
- “Yerkin Qaraqalpaqstan” gazetasi jamoasi
- “Adabiyot ziyosi” gazetasi jamoasi
- “Tong yulduzi” gazetasi
“Internet tarmog‘ida e’lon qilgan eng yaxshi materiali uchun”:
- “Alter Ego” kanali asoschisi Kiril Altman
- “Ular” podkast loyihasi muallifi Laziz Xamidov
- Kun.uz kolumnisti Shokir Sharipov
- Ijtimoiy tarmoqlardagi “Potrebiteli.uz” sahifasi asoschisi Liliya Nikolenko
Rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar
“Eng faol tele va radio boshlovchi”:
- “O‘zbekiston tarixi” telekanali bosh muharriri o‘rinbosari Dilfuza Shonazarova
“Eng yaxshi fotoreportaj uchun”:
- O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha fotomuxbiri Maqsad Habibullayev.
"Chet ellik jurnalistning O‘zbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun":
- “Jenmin xuabao” nashriyoti muharriri (Xitoy Xalq Respublikasi) Syan Xaoyang
- Tojikistonning “Jumhuriyat” gazetasi muxbiri Mirasror Ahrorov
- “Jumhuriyat” gazetasi muxbiri (Tojikiston Respublikasi) Sherali Avezmetov
- “Reyter” axborot agentligining O‘zbekistondagi muxbiri (Buyuk Britaniya) Muhammadsharif Mamatqulov
Misrning “Al-Diplumasiy” va “Eurasia Dairy” gazetalari siyosiy muxbiri Ahmad Tarabek
“Insonga e’tibor mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun”:
- “Nurli jol” gazetasi muxbiri Rustam Tulenov
- Faxriy jurnalist Salimov Shoqahhor
“Oila va mahalla mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun”:
- Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi muharriri Marg‘uba Bobonazarova
“Harbiy-vatanparvarlik mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun”:
- “Postda – Na postu” gazetasi jamoasi
“Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun”:
- Jurnalist Muhammadjon Obidov
“Bandlik va ijtimoiy himoya masalalari eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun”:
- “Ovozi tojik” gazetasi muxbiri Saodat Beknazarova
“2022 yilda chop etilgan publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun”:
- O‘zJOKU kafedra mudiri Nazira Toshpo‘latova
Xalqaro hamkorlar ta’sis etgan nominatsiyalar:
YuNeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ta’sis etgan “Inson huquqlari himoyasiga qaratilgan eng yaxshi material uchun” nominatsiyasi g‘olibi – O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatining Samarqand viloyat bo‘limi raisi Mirza Subhanov.
Yevropa Ittifoqi tomonidan ta’sis etilgan “Agrar oziq-ovqat sektoridagi islohotlarning ta’siri haqida aholining xabardorligini oshirish bo‘yicha eng yaxshi material uchun” nominatsiyasi g‘olibi – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri Nasiba Ziyodullayeva