Ucell va «O‘ztransgaz» hamkorlikda ishlaydi. Tomonlar o‘rtasida bu bo‘yicha kelishuv ham imzolandi

Jamiyat 17:55 / 26.04.2023 20445

Qayd etilishicha, mazkur kelishuv kelgusidagi ikki tomonlama manfaatli hamkorlik uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda transport tarmoqlari va telekommunikatsiya infratuzilmasini foydalanishga topshirish va rivojlantirish bilan bog‘liq kapital hamda operatsion xarajatlarni muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi.

 «Biz imkoniyatlarimizni kengaytirishni davom etgan holda O‘zbekiston Respublikasi raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishga sarmoya kiritmoqdamiz. Bugun «O‘ztransgaz» AJ bilan imzolanayotgan kelishuv ikkala tomon uchun ham birgalikda umumiy maqsad yo‘lida muvaffaqiyatli ishlash, biznesni rivojlantirish, tizimli xarajatlarni kamaytirish, ma’lumotlar almashishda xavfsizlikni ta’minlash va mamlakatning har bir fuqarosiga foyda keltirish imkonini beradi», deydi «COSCOM» MChJ Bosh direktori Andrey Shishkovskiy.

Shuningdek, «O‘ztransgaz» AJ vakili Ahadjon Isoqjonov ham o‘zaro hamkorlikning ahamiyati haqida gapirar ekan, Ucell kompaniyasi bilan O‘zbekistondagi iste’molchilarga telekommunikatsion ta’minot ustida ish olib borilishini ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida, «COSCOM» MChJ (Ucell savdo belgisi) hozirda jami 8,1 mln. abonentga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 2022 yilda kompaniya aloqa sifatini yaxshilash uchun 111,5 mln. dollar mablag‘ ajratgan va O‘zbekistonda 5G standartini tijoriy foydalanish maqsadida joriy qilgan aloqa operatoriga aylangan edi. 

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: