Toshkentda narkotik sotuvchi internet do‘konlar reklamasini tarqatgan shaxs qo‘lga olindi
Toshkent shahri Uchtepa tumani IIB xodimlari ko‘p qavatli uylar devorlariga giyohvand moddalar sotuvchi internet do‘konlar flayerlarini yopishtirib yurgan 29 yoshli R.G.ni qo‘lga oldi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Erkak bu ishni 2022 yilning oktabr oyida internet orqali topganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, kserokopiya bilan shug‘ullanuvchi 26 yoshli tanishi Z.K. pul evaziga flayerlarni ko‘paytirishda unga yordam bergan.
Mazkur holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma tuzilgan.
«Narkograffiti» qo‘llanishi yoki dori vositalarini reklama qiluvchi varaqalar tarqatilishiga guvoh bo‘lgan poytaxt aholisidan 71-233-71-47, 71-233-49-46, 71-206-42-54 yoki 102 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish so‘ralgan.
Mavzuga oid

18:02 / 19.03.2025
Uyg‘onayotgan yashil tabiat – bahoriy Toshkentdan fotoreportaj

15:49 / 19.03.2025
Toshkentda Hunarmandlar markazi qurilishi kerak bo‘lgan yerga qurilgan “dom” buziladigan bo‘ldi

08:10 / 18.03.2025
Toshkentda Lexus yo‘l chetida turgan mashina va fuqaroni urib yubordi

21:22 / 17.03.2025