Toshkent metrosining 7-bekati bir kunga yopiladi
Shu kuni poyezdlar harakati Do‘stlik-2-6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi, yo‘lovchilar uchun 6-bekatdan 7-bekatga qadar qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: Toshkent metropoliteni
Toshkent metrosining Yer usti halqa yo‘li 7-bekatida 19 aprel kuni poyezdlar harakati bir kunga to‘xtatiladi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK axborot xizmati xabar berdi.
«Toshkent metropoliteni Yer usti halqa yo‘lining II-bosqichidagi Qo‘yliqdan Quruvchilar dahasigacha bo‘lgan 5 ta metro bekatida poyezdlarning sinov tariqasidagi harakati o‘z yakuniga yetkazilmoqda. Shu munosabat bilan ushbu yangi bekatlarni I-bosqichda barpo etilgan bekatlar bilan texnik jihatdan o‘zaro bog‘lash maqsadida, 19 aprel sanasida Yer usti halqa yo‘lining 7-bekatida (Qo‘yliq) poyezdlar harakati to‘xtatiladi», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, shu kunda poyezdlar harakati Do‘stlik—2-6-bekat oralig‘ida tashkil etiladi. Shuningdek, yo‘lovchilar uchun 6-bekatdan 7-bekatga qadar qo‘shimcha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent metropolitenining 7-bekati bundan avval ham, ya’ni 11 martdan boshlab 18 mart kuniga qadar sakkiz kunga yopilgan edi.
Mavzuga oid

16:31
Toshkentda birinchi marta Parlamentlararo ittifoqning yubiley assambleyasi o‘tkaziladi

18:02 / 19.03.2025
Uyg‘onayotgan yashil tabiat – bahoriy Toshkentdan fotoreportaj

15:49 / 19.03.2025
Toshkentda Hunarmandlar markazi qurilishi kerak bo‘lgan yerga qurilgan “dom” buziladigan bo‘ldi

08:10 / 18.03.2025