Farg‘onada farzandini 10 ming dollarga sotayotgan ayol qo‘lga olindi 

Jamiyat 22:09 / 15.04.2023 24009

Farg‘ona shahrida yashovchi ayol 8 oylik chaqalog‘ini sotayotgan vaqtda ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi videolavhasida xabar berildi. 

Ayol Yangi asr ko‘chasidagi massajxonada ishlagan va shu yerda yashagan. U chaqalog‘ini sotib, evaziga uy olmoqchi bo‘lgan. Ayol o‘z farzandini 10 ming dollariga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan. 

«Uyim yo‘qligi sababli bolamni 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldim. Qilgan ishimdan afsusdaman», dedi ayol.  

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

 

Ko‘proq yangiliklar: