Obodonlashtirish boshqarmalari tarkibida ichki yo‘llarni saqlash uchastkalari tashkil etiladi

O‘zbekiston 13:17 867

Unga ko‘ra, ichki yo‘llarni ta’mirlash va saqlash va moliyalashtirish tizimini takomillashtirish rejalashtirilgan.

Respublikaning barcha tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari (208 ta) tarkibida ichki yo‘llarni saqlash uchastkalari tashkil etiladi. 

Obodonlashtirish boshqarmalariga ichki yo‘llarni saqlash uchun zarur bo‘ladigan 493 ta texnika (443 mlrd so‘m) xarid qilinadi.

Har bir tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalari tarkibida tashkil etiladigan uchastkalarga qo‘shimcha shtat birliklari ajratiladi.

2025 yildan boshlab har bir tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalariga ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash uchun 4 mlrd so‘mdan jami 832 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.

Shuningdek, avtomobil yo‘llarida transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatini ta’minlash mo‘ljallanmoqda.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida yo‘l belgilari o‘rnatiladi.

Avtomobil yo‘llarida 80 tadan ortiq svetofor obektlari o‘rnatiladi va mavjudlari rekonstruksiya qilinadi.

Aholi punktlarida piyodalar harakatlanishi uchun 350 kmdan ortiq piyodalar yo‘laklari barpo etiladi.

Bundan tashqari, respublikadagi ko‘prik infratuzilmasini yaxshilash ko‘zda tutilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi 80 dona ko‘prik inshootlarini holatini yaxshilash bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqiladi.

Ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslarga ko‘ra xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb qilish choralari ko‘riladi.

Ko‘proq yangiliklar: