Parijda O‘zbekistonda suratga olingan tarixiy ovozsiz filmlar namoyish etildi
Parijdagi Arab dunyosi institutida «Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘jizalari» ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy dastur doirasida O‘zbekistonda suratga olingan «Moxov» (1928) va «Burilish: uning huquqi» (1931) nomli ovozsiz filmlar namoyishi hamda konsert dasturi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo
Filmlar namoyishini Respublika kinofondi direktori Eljon Abbosov va kinoshunos, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi San’atshunoslik institutining «Kino va televideniye» bo‘limi mudiri, san’atshunoslik fanlari doktori Nigora Karimova taqdim etdi. Madaniy-ma’rifiy kechada Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti dotsenti Abror Zufarov rahbarligidagi musiqiy jamoa o‘z dasturi bilan chiqish qildi.
100 dan ziyod Fransiyaning taniqli kinoshunos va musiqa san’ati ixlosmandlari ishtirok etgan tadbir fransuz jamoatchiligi tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Madaniy dastur O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi San’at va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi ko‘magida o‘tkazildi.
Tadbir qatnashuvchilari O‘zbekistonda kinematografiya sohasi boy tarixga ega ekanini e’tirof etishdi.
Mavzuga oid

08:26 / 03.03.2025
Parij va London Ukrainada bir oylik sulhni taklif qildi

10:30 / 20.02.2025
Parij sammiti: 20 dan ortiq davlat Kiyevni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi

18:02 / 16.02.2025
YeI yetakchilari Ukrainadagi urush bo‘yicha favqulodda sammit o‘tkazishni rejalashtirmoqda

01:03 / 14.02.2025