Zarafshonda 25 tup daraxt ruxsatsiz ko‘chirilgani aniqlandi

Jamiyat 08:50 / 09.04.2023 11884

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida 25 tup daraxt ruxsatsiz ko‘chirilgani aniqlandi. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shaharning «Bahor» mahallasida 9 tup ko‘p yillik daraxtlar va 16 tup kuz mavsumida ekilgan tut ko‘chatlari noqonuniy ravishda tegishli ruxsat olinmasdan ko‘chirilgani, shuningdek, shu yerdagi 4 tup qayrag‘och daraxtlari ko‘chirish paytida o‘sishdan to‘xtaydigan darajada shikast yetkazilgani aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaro O.N.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan 3 million so‘m jarima hamda 3 million 600 ming so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi. Shuningdek, o‘sishdan to‘xtagan 1 tup qayrog‘och daraxtini noqonuniy ravishda kesgani uchun fuqaro G.B.ga nisbatan kodeksning 79-moddasi 1-qismiga asosan 1 million so‘m jarima belgilandi.

Ko‘proq yangiliklar: