“Ungacha qilinadigan ishlar ko‘p” – professor pedofillarga nisbatan taklif etilayotgan jazo haqida

Jamiyat 15:46 / 08.04.2023 12948

Professorga ko‘ra, bunday “balandparvoz” gaplarni deputatlar, mansabdorlar gapirayotgani jamoatchilik oldida soxta obro‘ orttirishga qaratilgan harakat hisoblanadi.

“Bu shunchaki oddiy aytiladigan gaplar emas, tahlil qilib beraman.

Kastratsiya amaliyotini kiritish uchun avvalo pedofilizm degan kasallik borligini va uni kategoriyalarga kiritib qo‘yish kerak. Bugun hujjatlar bo‘yicha bizda pedofilizm yo‘q. Bu kasallikni aniqlovchi platforma kerak, bizda esa mavjud emas. Davolovchi mutaxassislar ham kerak, ular ham yo‘q Avvalo qonunga kiritish, jazo belgilash, bundan tashqari, pedofilizm bo‘yicha jiddiy ilmiy asoslangan tadqiqotlarni amalga oshirish talab etiladi. Pedofillar ham turga ajraladi. Shunday pedofillar borki, ular jismoniy yaqinlik qilmasdan jinoyatini amalga oshirishi mumkin. Jamoatchilik bu borada yetarli fikr va mulohaza yo‘q bo‘lib turib, shior ko‘tarib yugurishyapti, ularning ichida esa men hurmat qiladiganlar borligi meni xavotirga solyapti.

Pedofilni kastratsiya qilganning foydasi bo‘lmasligi, u ertaga bu ishni qo‘li orqali qilishi mumkin. Ungacha qilinadigan ishlar ko‘p. Hali pedofiliya degan narsa qonunchilikda yo‘q bo‘lgan holatda kastratsiya haqida gapirilyapti”, – dedi Barnogul Sanaqulova.

Iqtisodchi fikrlari davomida shuningdek, kastratsiya amaliyotini qonunchilikka kiritishning iqtisodiy oqibatlari haqida ham gapirdi.

“Kastratsiyani budjet ko‘tara oladimi? Kastratsiya bir martada hal bo‘lmaydi, uch oydan uch yilgacha qilinishi kerak bo‘lgan jarayon hisoblanadi. Bunda har olinadigan ukol dozasi 3 mingdan 12 ming dollargacha turadi. Shuningdek, u bizga import qilinadi. Inson huquqlari nuqtai nazaridan ham kastratsiyaga shaxsning o‘zi rozilik berishi kerak. Ya’ni o‘zini pedofil deb tan olgan shaxs davolanishga murojaat qilishi kerak va xarajatlar davlat tomonidan qoplanishi lozim. Bu inʼeksiya oqibatida boshqa kasallik yuzaga kelsa, uni ham davlat davolashi kerak. Qisqa qilib aytganda, bitta pedofil budjetga o‘rtacha 20 ming dollarga tushishi mumkin. Pedofilga inʼeksiya qilishdan oldin ham unda maxsus tahlillar o‘tkaziladi, doza belgilanadi. Bizda bunday laboratoriyalar yo‘q. Va holat davriy ravishda tahlil qilib borilishi kerak. Mutaxassislar yo‘q, ilmiy ishlar yo‘q.

Hozirgi holatda pedofillarning ochiq ro‘yxatini chiqarish, jamiyatga tanitish, qonunlardagi jazoni kuchaytirish, muqarrarlashtirish, istisnolarni yo‘qotish kerak. Pedofiliya irsiyatda bo‘lishi ham mumkin ekan hatto. Bu jihatdan u odam aybdor bo‘lmasligi mumkin, shuning uchun ro‘yxatning ochiq yuritilishi ham bir tomondan noto‘g‘ri bo‘lib qolishi mumkin», – dedi Barnogul Sanaqulova.

Intervyuni to‘liq holda yuqoridagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: