BMT Ukrainadagi urush paytida 8400 dan ortiq tinch aholi vakili halok bo‘lganini tasdiqladi

Jahon 16:28 / 31.03.2023 5774

Rossiyaning Ukrainadagi urushi inson huquqlarining jiddiy buzilishini «dahshatga soluvchi tartib»ga aylantirdi va insoniyatni uning omon qolishi uchun ekzistensial tahdidlarga qarshi kurashdan chalg‘itmoqda, deya ogohlantirdi BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Turk

U Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishida sodir etilgan va etilayotgan «dahshatli zo‘ravonlik»ni qoraladi.

«Bu urushni hech qanday sabab yoki izoh bilan tushuntirib bo‘lmaydi. Bu o‘ylamasdan qilingan ish tugashi va tinchlik o‘rnatilishi kerak», dedi Turk. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan 13 oy ichida 8400 dan ortiq tinch aholi halok bo‘lgani va 14 000 dan ortiq tinch aholi jarohatlangani tasdiqlangan hamda bu «aysbergning faqat bir uchi». 

Volker Turk, qurbonlarning katta qismi rus askarlarining turar joy hududlarida keng spektrli portlovchi qurilmalarni qo‘llagani sabab bo‘lganini qayd etdi.

U, shuningdek, BMT tergov guruhining Rossiya kuchlari va «Vagner» kabi unga aloqador qurolli guruhlar tomonidan «ko‘p sonli qatl va tinch aholiga qaratilgan hujumlar», shuningdek, «odamlar yo‘qolishi va o‘zboshimchalik bilan hibsga olishlarning 621 ta holati» haqidagi xulosalariga ishora qildi. 

Ko‘proq yangiliklar: