2 aprel kuni Toshkentda ayrim ko‘chalar transport harakati uchun yopiladi

O‘zbekiston 17:26 / 31.03.2023 5117

Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan «Temurbeklar maktabi» hamda «Yosh chegarachi» akademik litseylari o‘rtasida yugurish musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, joriy yilning 2 aprel kuni soat 07:00 dan 10:00 ga qadar qator ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakat cheklanadi.

Ko‘chalar ro‘yxati:

Yangizamon ko‘chasining Sayxun ko‘chasidan Eski Sariko‘l ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Eski Sariko‘l ko‘chasining Yangizamon ko‘chasidan Abu Sulaymon Banokatiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Abu Sulaymon Banokatiy ko‘chasining Eski Sariko‘l ko‘chasidan Abdurauf Fitrat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Abdurauf Fitrat ko‘chasining Abu Sulaymon Banokatiy ko‘chasidan Yangizamon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Haydovchilardan shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Ko‘proq yangiliklar: