Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev: Urush vaqtida katta daromad ko‘rgan energetika kompaniyalari Ukrainaga yordam berishi kerak

Foto: Reuters
Urush paytida narxlarning keskin ko‘tarilishidan katta daromad olgan yirik xalqaro energetika kompaniyalari bu mablag‘larning bir qismini Ukrainaning vayron bo‘lgan energetika infratuzilmasini tiklash uchun sarflashi kerak. Bu haqda Politico nashriga bergan intervyusida Ukraina Energetika vazirligi rahbari German Galushchenko ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb ham «cheksiz urush»ning oldini olish uchun Rossiya energetika mahsulotlarini sotish bo‘yicha sanksiyalarni chetlab o‘tishdagi bo‘shliqlarni yopishi kerak.
Kiyev muqobil yadro yoqilg‘isi bilan ta’minlashi mumkin, bu bilan qator Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiya ta’minotiga qaramlikdan qutulishi mumkin, deya qo‘shimcha qildi Galushchenko.
28 mart, seshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi energetika vazirlari kengashida Ukrainaga energiya uskunalari yetkazib berish va Rossiya atom sanoatiga qarshi yangi sanksiyalar muhokama qilindi. Bu haqda Ukraina Energetika vazirligi rahbari German Galushchenko xabar berdi.
«Biz buning energiya ishlab chiqarish hali ham Rossiya yoqilg‘isiga bog‘liq bo‘lgan mamlakatlarga qanday ta’sir qilishini batafsil muhokama qildik, - dedi u. - Ammo bu masalani ko‘tarish va ular (ruslar) yadroviy xavfsizlik bilan amalga oshirgan ishidan keyin atom sanoatiga sanksiyalar qo‘yish muhim. Tsivilizatsiyalashgan dunyoga ruslarga Yevropa bozorida joy yo‘qligi haqida kuchli signal yuborish kerak».
Bryussel bu taklifni ko‘rib chiqishga va’da berdi. «Men Ukrainaning bugungi bosimini olqishlayman va Yevropa Ittifoqi davlatlaridan Rossiyadan gaz va neft, shuningdek, yadro yoqilg‘isiga qaramlikni kamaytirish bo‘yicha keyingi qadamlarni qo‘yishni so‘rayman. Bugun bu biz uchun muhim chaqiriq bo‘ldi, biz buni albatta qabul qilamiz», dedi Yevropa Ittifoqi kengashiga raislik qilayotgan Shvetsiya energetika vaziri Ebba Bush.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
-
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Mavzuga oid

23:10 / 19.07.2025
Ukraina Rossiyaga kelasi hafta yangi muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi – Zelenskiy

07:53 / 19.07.2025
Rossiya va Ukraina yana halok bo‘lgan askarlar jasadini almashdi

07:29 / 19.07.2025
NATO: Patriot'ni Ukrainada tezkor joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

23:30 / 18.07.2025