Prezident Shavkat Mirziyoyev 24 mart kuni «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan edi. Qarorga asosan, ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan 1001 ta korxonaning aksiya paketlari (ulushlari) ro‘yxati tasdiqlandi.
Ro‘yxatga “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zkimyosanoat” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zdonmahsulot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘zbekiston MET” AJ, “O‘zbektelekom” AK, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbekgidroenergo” AJ, “O‘zmilliybank” AJ kabi yirik tashkilotlar tizimiga kiruvchi korxonalar kiritilgan.
Quyidagi 40 ta korxonaning aksiya paketlari esa «bitta aksiya – bitta lot» tamoyili asosida «xalqchil IPO» o‘tkazish tartibida ommaviy savdolar orqali sotiladi:
Shuningdek, ommaviy savdolar orqali sotiladigan, davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli 1046 ta ko‘chmas mulk obektlari ro‘yxati e’lon qilindi.