Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tashabbusli budjet”ga ovoz berishda Face ID joriy etiladi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tengsizlikka yo‘l qo‘ymaslik uchun ovoz berishda Face ID tizimini joriy qilmoqchi. Vazirlik shuningdek, kichik mahallalar katta mahallalardan ortda qolmasligi uchun ko‘paytirish koeffitsiyenti joriy etishni ko‘rib chiqmoqchi.

Foto: KUN.UZ
Iqtisodiyot va moliya vazirligi budjet tashkiloti xodimlarini maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi loyihalarga ovoz berishga majburlash holatlari kuzatilayotganini tasdiqladi.
Bundan tashqari, vazirlik yirik mahallalar aholi soni yuqori bo‘lgani sababli ovoz berishda ustunlikka ega bo‘lish holatlarini aniqlagan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ovoz berishda tengsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, barcha mahallalar aholisi uchun loyihalarni amalga oshirishda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida bir qancha texnik va uslubiy yechimlar ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.
Jumladan, Face ID yordamida identifikatsiya qilish mexanizmi joriy etiladi. Bunda tasdiqlangan foydalanuvchilar tomonidan berilgan ovozlar SMS orqali berilgan 5 yoki 10 ovozga tenglashtiriladi.
Ko‘paytirish koeffitsiyentini joriy etish amaliyoti ko‘rib chiqiladi. Bunda, kichik mahallalar loyihalariga katta mahallalar aholisi tashabbusi bilan teng sharoitlarda raqobatlashish imkoniyati yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, tashabbuslar uchun ovoz berishning shaffofligi va adolatliligini ta’minlashga qaratilgan boshqa takliflar ishlab chiqilyapti.
Ma’lumot uchun, “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida ovoz berish jarayoni davom etmoqda. Hozirda jami 33 ming 600 loyiha uchun 10 milliondan ortiq ovoz berildi.
Birinchi mavsumda fuqarolar tomonidan 55 mingdan ortiq tashabbuslar bildirildi. Eng ko‘p ovoz yig‘ib, g‘olib chiqqan loyihalarni moliyalashtirishga 1,7 trillion so‘m pul ajratiladi.
Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi “Tashabbusli budjet” doirasida o‘qituvchilarni ovoz berishga majburlash holatlari yuz berayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni o‘rganishi ma’lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Mahallamiz buni ko‘tara olmaydi”: fuqarolar Uchtepa City'ning 16 qavat bo‘lishiga qarshi
Jamiyat | 09:07
-
Bloomberg: Rossiya sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun Xitoy bilan dronlar ustida ishlamoqda
Jahon | 08:58
-
Bokuda O‘zbekiston va Ozarboyjon siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 08:21
-
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi
Jahon | 08:07
Mavzuga oid

09:59 / 04.07.2025
“Tashabbusli budjet”ning 2-mavsumi 15 iyuldan boshlanadi

20:37 / 08.04.2025
«Tashabbusli budjet»ning 2-mavsumida ba’zi mahallalarga tanaffus beriladi

08:52 / 04.04.2025
“Tashabbusli budjet”da 33 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi

19:04 / 25.03.2025