Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tashabbusli budjet”dan ham umidini uzayotgan mahalla: Shahrixondagi maktab qachon ta’mirlanadi?
Tumanda 80-yillar boshida qurilgan, 800 nafar o‘quvchi o‘qiyotgan 32-maktabning bugungi holatiga havas qilib bo‘lmaydi. Mahalla ahli maktab ta’miri uchun “Tashabbus budjet”da zo‘r berib 3 mingtadan ortiq ovoz to‘pladi, lekin bu g‘oliblar ro‘yxatiga kirish uchun 2 barobarga kamlik qildi.

Kun.uz'ga Andijon viloyati Shahrixon tumanida joylashgan 32-maktab o‘qituvchilaridan murojaat kelib tushdi. Unda 1983 yil qurib ishga tushirilgan maktab binosi hozir abgor holatga kelib qolgani haqida so‘z boradi.
Taqdim etilgan suratlardan binoning fasadi, eshik-derazalari xizmat muddatini o‘tab bo‘lgani ko‘rinadi. Maktabning faqat isitish tizimi yangi, qolgan aksariyat jihozlar eskirib ketgan.
Qurilganiga 40 yildan oshgan, lekin haligacha biror marta rekonstruksiya qilinmagan maktabning holatini yaxshilash uchun mahalla ahli “Tashabbusli budjet”dan umid qilgan, lekin yetarlicha ovoz to‘play olishmagan.
“3 050 ta ovoz bilan g‘oliblikni qo‘lga kirita olmadik. “Maslahattepa” MFYda jami 2 500 ovoz bera oladigan aholi mavjud, barcha o‘qituvchilarning qarindoshlari orqali 3 050 ovoz yig‘ildi, bu ovoz bilan yutishning imkoni bo‘lmadi. Bizning murojaatimizga mutasaddilar o‘z munosabatini bildirishini so‘rab, murojaat qilyapmiz”, – deyiladi murojaatda.
Kun.uz yuqoridagi holat, qolaversa, sovet davrida qurilib, haligacha ta’mirlanmagan maktablar soni va taqdiri yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga so‘rov yubordi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, Shahrixondagi 32-maktab 620 o‘quv o‘rniga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda 791 nafar o‘quvchi 1,3 koeffitsiyentda tahsil olyapti, ularga 62 nafar pedagog dars bermoqda.
Maktab 2004 yilda davlat umummilliy dasturi doirasida mukammal ta’mirlanib, to‘liq o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan. 2016/17 yillar kuz-qish mavsumi davomida maktabda mahalliy budjet hisobidan yangi isitish qozonlari o‘rnatilgan, isitish tizimlari yangilangan.
“Maktab infratuzilmasi, o‘quv xonalari hamda jihozlari ishchi guruh tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilib, kelgusi yillardagi davlat dasturi doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borish uchun belgilangan tartibda Shahrixon tumani hokimligi, xalq deputatlari Shahrixon tumani kengashi tomonidan takliflar berilganini ma’lum qilamiz”, – deyiladi izohda.
MMTV respublikada qancha ta’mirga muhtoj maktablar qolgani, “Tashabbusli budjet” yoki davlat dasturi loyihalariga kirmagan taqdirda ularni rekonstruksiya qilish uchun nima yechim qilinayotgani haqidagi savolimizni ochiq qoldirdi.
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil holatiga O‘zbekistondagi 10 mingdan ortiq umumta’lim maktablarining 1700 ga yaqini yoki 16 foizi kapital ta’mirga muhtoj bo‘lib, ularning 63 foizi qishloq hududlarida joylashgan.
Respublikadagi maktablarning 70 foizi kanalizatsiya tizimiga, 28 foizi internetga ulanmagan. 21 foiz maktablarda sport zali yo‘q, 36 foizida oshxona yoki bufet mavjud emas. Yuzlab maktablarda (jami maktablarning 5 foizida) kutubxona yo‘q.
Andijon viloyati respublikadagi budjet taqchilligi eng yuqori viloyatlar qatorida turadi. Shunga qaramay, o‘tgan yili viloyatda hokim Shuhrat Abdurahmonov tashabbusi bilan “Dunyo sadolari” festivali o‘tkazilgan, unga budjetdan 10 mlrd so‘mdan ko‘proq pul sarflangandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi
O‘zbekiston | 07:34
-
YuNEYDS: Sharqiy Yevropada OITS bilan bog‘liq o‘limlar ko‘paymoqda
Jahon | 07:31
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
Mavzuga oid

22:27 / 10.07.2025
Buloqboshida yana toshqin xavfi: aholi Janubiy Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘tarilganidan xavotirda

12:15 / 10.07.2025
Andijonda chiqindidan elektr ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi boshlandi

20:51 / 07.07.2025
Andijonda 9 yoshli ikki bola fermer xo‘jaligi hovuziga cho‘kib ketdi

19:00 / 07.07.2025