Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek olimlari saratonni 99 foiz davolaydigan dori yaratdimi? O‘zFA izoh berdi
O‘zbek olimlarining saratonni 99 foiz davolaydigan preparat ishlab chiqqani haqidagi ma’lumot noto‘g‘ri talqin qilingan. Dori faqat saratonning bitta turini yuqori samaradorlikda davolashga mo‘ljallangan.

Foto: Getty Images
O‘zbek olimlarining saratonni 99 foizgacha davolash imkonini beruvchi yangi preparat ishlab chiqqani haqidagi intrevyu O‘zAda elon qilingach, bunga jamoatchilikda e’tirozlar paydo bo‘ldi. O‘zbekiston fanlar akademiyasining izoh berishicha, intervyuda aytilgan Lyutetsiy-177 PSMA-617 radiofarmatsevtik dori vositasi saratonning faqat bir turi, ya’ni asosan katta yoshdagi erkaklarda uchraydigan prostata bezi rakini davolashda samarali hisoblanadi.
Shu bilan birga, to‘rtinchi va beshinchi dozalarida tananing boshqa qismlaridagi metastazalarga ham terapevtik ta’sir ko‘rsatishi kuzatilgan. Akademiya axborot xizmati, intervyu boshqa saytlar tomonidan o‘ta qisqartirilgan holda qayta chop etilgani sabab PSMA to‘g‘risidagi ma’lumot tushirib qoldirilgan deya izoh bergan.
“Bu bilan aholi o‘rtasida bu dori vositasi barcha rak kasalliklarini davolaydi degan tushuncha paydo bo‘lgan”, deyiladi munosabatda.
Shuningdek, O‘zFA ommaviy axborot vositalari vakillaridan yangilik va axborot tarqatishda qaysi manbadan olingani, berilayotgan faktlar to‘g‘riligiga alohida e’tibor berishni so‘ragan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Real»da yangi himoyachi, APL klublari hujumni kuchaytirmoqda. So‘nggi transfer xabarlari
Sport | 11:12
-
Germaniya: Rossiya va Belarus migratsiyadan qurol sifatida foydalanyapti
Jahon | 11:10
-
O‘zbekistonga chet davlatdan pul o‘tkazmalari kiberjinoyatchilar hujumiga uchramoqda
O‘zbekiston | 10:52
-
AQSh energetika vaziri: Rossiya neftiga qarshi sanksiyalar «juda real»
Jahon | 10:44
Mavzuga oid

12:02 / 28.06.2025
Sog‘liqni saqlashning yangi modeli bo‘yicha tajriba-sinov loyihasi boshlanmoqda

01:29 / 04.06.2025
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot

15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi

15:30 / 22.05.2025