Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
AQSh sobiq prezidenti nabirasining bitiruv kechasida ishtirok etdi.

Foto: Instagram / drbiden
AQSh sobiq prezidenti Jo Bayden prostata bezi saratoniga chalingani e’lon qilinganidan beri birinchi marta ommaviy tadbirda ishtirok etdi, deb xabar beradi NBC News.
Qayd etilishicha, Bayden 23 may kuni nabirasi Robert Hanter Baydenning Solsberi shahrida bo‘lib o‘tgan bitiruv kechasiga tashrif buyurgan. Tadbirda olingan suratni Baydenning rafiqasi Jill va uning qizi Eshli Instagram sahifalariga joylagan. «Tabriklaymiz, Hanter — biz sen bilan faxrlanamiz», — deb yozadi Jill Bayden.
18 may kuni Jo Bayden vakillari AQShning sobiq prezidentiga prostata bezi saratoni tashxisi qo‘yilganini ma’lum qildi. Shifokorlar so‘zlariga ko‘ra, kasallik Baydenning allaqachon suyaklariga o‘tib ketgan va bu kasallikning eng xavfli bosqichi, uni davolab bo‘lmaydi. Shu bilan birga, onkologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar zamonaviy tibbiyot bunday tashxis qo‘yilgan bemorlarga yaqinda bo‘lgani kabi oylar emas, balki yillar davomida yashashga imkon berishini ta’kidladi.
Ushbu xabarlar tarqalgach, Bayden o‘zini va oilasini qo‘llab-quvvatlayotganlarga minnatdorchilik bildirdi. «Saraton barchamizga ta’sir qiladi. Ko‘pchiligingiz kabi Jill va men ham qiyin bo‘lgan vaziyatda eng kuchli ekanimizni bilib oldim. Bizga muhabbat va qo‘llab-quvvatlash bilan dalda berayotganingiz uchun tashakkur», deb yozdi Bayden ijtimoiy tarmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

17:15 / 05.06.2025
Tramp Baydenning sog‘lig‘i bo‘yicha surishtiruv o‘tkazishni buyurdi

01:29 / 04.06.2025
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot

15:30 / 22.05.2025
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya amalga oshiriladi

19:09 / 19.05.2025