Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Olimlar yo‘g‘on ichak saratoni tashxisi qo‘yilgan 889 nafar bemor ustida tadqiqot o‘tkazgan. Ta’kidlanishicha, ba’zi hollarda jismoniy faollik dorilardan ham yaxshiroq samara beradi.

Foto: Getty Images
Doimiy jismoniy mashqlar saraton kasalligining qayta rivojlanish xavfi va yangi o‘simtalar paydo bo‘lish ehtimolini kamaytirishga yordam beradi. Bu haqda Amerika klinik onkologiya jamiyatining (ASCO) yillik konferensiyasida taqdim etilgan tadqiqot natijalariga tayanib, The Guardian xabar berdi.
Shifokorlar anchadan beri faol turmush tarzini tavsiya qilib kelishsa-da, bu tavsiyaning saraton bilan kasallangan bemorlar uchun aniq foydasini tasdiqlovchi ilmiy dalillar yetarli emas edi. Yangi tadqiqot esa ushbu bo‘shliqni qisman to‘ldirdi.
Tadqiqotda yo‘g‘on ichak saratoni tashxisi qo‘yilgan 889 nafar bemor ishtirok etgan, ulardan 90 foizida kasallik uchinchi bosqichda bo‘lgan. AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Avstraliya va Isroilda yashovchi ishtirokchilar tasodifiy tarzda ikki guruhga bo‘lingan.
Birinchi guruh faqatgina axborot materiallarini olgan. Ikkinchi guruh esa murabbiy bilan oyiga ikki marta, keyin esa oyiga bir marta shug‘ullangan. Jismoniy faollik haftasiga uch-to‘rt marta 45–60 daqiqalik sayr qilishni o‘z ichiga olgan, bemorlar yurishdan tortib chang‘i uchishgacha bo‘lgan yuklamani o‘zlari tanlagan.
Besh yil o‘tgach, faol guruhda saraton qaytalanishi yoki yangi o‘simta paydo bo‘lish xavfi nazorat guruhiga qaraganda 28 foiz kamroq bo‘lgan. Sakkiz yildan so‘ng esa o‘lim darajasi 37 foizga pasaygan.
Angliya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati rahbari Stiven Pouisning so‘zlariga ko‘ra, jismoniy mashqlar vaznni nazorat qilishga, immun tizimini mustahkamlashga, yallig‘lanishni kamaytirishga va umumiy holatni yaxshilashga yordam beradi. ASCO tibbiy maslahatchisi Julia Grelou esa bu safar jismoniy faollikning foydasi birinchi marta ishonchli ilmiy dalillar bilan tasdiqlanganini qo‘shimcha qildi — ba’zi hollarda u dorilardan ham yaxshiroq samara beradi va hech qanday salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

22:31 / 24.06.2025
Yaqin yuz yilda qushlarning 500 dan ortiq turi yo‘qolib ketishi mumkin

00:30 / 23.06.2025
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi

11:46 / 21.06.2025