«Ipoteka bank» 324 mln dollarga sotilgani ma’lum bo‘ldi

Iqtisodiyot 21:23 / 24.03.2023 30853

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, o‘tgan o‘n yilda 1,2 trillion so‘mlik davlat aktivlari sotilgan bo‘lsa, 2022 yilning o‘zida bu ko‘rsatkich 11,3 trillion so‘mga yetgan. Ya’ni, so‘nggi bir yilda o‘n yil davomida qilingan ishlardan 10 karra ko‘p natijaga erishilgan.

Xususiylashgan mulklar samaradorligi ham oshgan. Misol uchun, uzoq yillar ishlamagan Andijon tajriba sinov zavodi negizida 18 million dollar investitsiya hisobiga to‘qimachilik korxonasi tashkil etilib, mingta ish o‘rni yaratilgan, 40 million dollarlik mahsulot eksport qilingan.

Qo‘qon superfosfat zavodini xorijiy investor olib, 40 million dollar investitsiya kiritgan, ishlab chiqarish hajmini 4 baravarga oshirgan.

«Ipoteka bank» 324 million dollarga va «Coca-Cola» kompaniyasidagi davlat ulushi 252 million dollarga sotilgan. 

2022 yil 12 dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston hukumati va Vengriyaning OTP banki bilan «Ipoteka bank»ni xususiylashtirish bo‘yicha bitim imzolangan edi. 

OTP Bank O‘zbekiston Moliya vazirligiga tegishli 100 foiz aksiyalarni (jami aksiyalarning qariyb 97 foizi) ikki bosqichda: dastlab, 2023 yilning birinchi yarmida 75 foizini, uch yildan so‘ng qolgan 25 foizini  sotib olishi haqida xabar berilgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: