Qarshida avtobozor rahbari va hokimlik mutasaddisiga jinoyat ishi ochildi

Jamiyat 11:40 / 22.03.2023 23582

«Nasaf avtomobil bozori savdo kompleksi» MChJ raisi Yu.A. va Qarshi shahar hokimligi mansabdor shaxslariga nisbatan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz manbasi.  

Manbaga ko‘ra, «Nasaf avtomobil bozori savdo kompleksi» MChJda viloyat davlat soliq boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi yuzasidan to‘plangan hujjatlar bo‘yicha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilgan. Tekshiruvda jamiyat mansabdor shaxslari va boshqalar tomonidan juda ko‘p miqdordagi ijara to‘lovlari hamda divident pullari talon-toroj qilingani aniqlangan.

Jumladan, MChJ ta’sischilari — Yu.A. va Qarshi shahar hokimligi ishonchli vakili F.I. o‘zaro jinoiy til biriktirib, MChJning 2021 yilgi sof foydasidan Qarshi shahar hokimligiga tegishli bo‘lgan 51 foiz davlat ulushi –600 mln so‘mni mahalliy budjetga o‘tkazilishini ta’minlamagan. Go‘yoki bu pullar bozor yo‘llarini asfalt qilishga yo‘naltirilgani ko‘rsatilib, aslida qurilish ishlari bajarilmagan va talon-toroj qilingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘proq yangiliklar: