Yaponiya bosh vaziri Kisida Kiyevga tashrif buyurdi

Foto: Kyodo
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Kiyevga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda Yaponiyaning Kyodo News axborot agentligi.
Bir necha soat avval Yaponiya hukumati rahbari Ukrainaga e’lon qilinmagan tashrif bilan borish niyatida ekani to‘g‘risida NHK yapon telekanali xabar bergandi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Kisida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Kiyev Yaponiya bosh vaziri Kisidaning tashrifini «tarixiy» deb atadi va buni «birdamlik belgisi» sifatida baholadi.
Avvalroq Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirgandi. 22 jismoniy shaxs va uchta tashkilot - "Irkut" samolyot ishlab chiqaruvchi kompaniyasi, "Avangard" Moskva mashinasozlik zavodi va "KamAZ" aktivlari muzlatildi.
Rossiyaga vaksinalar va tibbiy asbob-uskunalarni sotish taqiqlandi. Eksport cheklovlari 49 ta tashkilotga ta’sir qilgan.
Mavzuga oid

11:40 / 06.03.2025
AQSh va Kiyev yaqinda Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qilishi mumkin

11:08 / 06.03.2025
Irlandiya Kiyevga maxsus topshiriqli kuchlarni yuborishi mumkin

08:36 / 28.02.2025
AQSh Moliya vazirligi: Kiyev bilan foydali qazilmalar bo‘yicha bitim tayyor

09:25 / 25.02.2025