Fevralda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qariyb 4 mlrd dollarga yetdi

Iqtisodiyot 16:32 / 21.03.2023 22625

2023 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 176,4 mln AQSh dollariga yoki 2 foizga oshgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2 oyda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmida eksport 3,2 mlrd AQSh dollari va import 5,7 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan. 

O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-fevral oylarida jahonning 155 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, yanvarda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan edi

Ko‘proq yangiliklar: