Referendumda muddatidan oldin ovoz berish 19-26 aprelda bo‘lib o‘tadi 

O‘zbekiston 14:58 / 16.03.2023 6538

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendumi 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkaziladi.  

Referendum kuni o‘z turar joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar muddatidan oldin ovoz berishi mumkin.  
 
Markaziy saylov komissiyasining majlisida ma’lum qilinganidek, referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni esa 19-26 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Saylovlardagi saylov okruglaridan farqli o‘laroq, referendum butun hududni qamrab oladi. Referendum o‘tkazuvchi okrug komissiyalar joylashgan yer ko‘rsatilgan ro‘yxatlar referendum tayinlash to‘g‘risida qaror e’lon qilinganidan keyin 5 kun ichida MSK tomonidan ma’lum qilinadi.

Referendum o‘tkaziladigan kunga qadar yoki referendum kunida 18 yoshga to‘lgan, ro‘yxat tuzilayotgan vaqtda mazkur referendum uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan fuqarolar ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatiga kiritiladi.

MSKning referendum yakunlari bo‘yicha qarori referendum o‘tkazilgan keyin ko‘pi bilan o‘n kun ichida e’lon qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: