Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energiya resurslari talon-toroj qilinayotgani haqida xabar berish uchun maxsus Telegram bot ishga tushirildi
Bosh prokuratura fuqarolardan o‘zlari yashayotgan hududda energetika sohasidagi qonunbuzarliklar haqida EnergonazoratBot orqali xabar yo‘llashni so‘ramoqda.
“Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning oldini olish va barvaqt aniqlashda jamoatchilik nazorati mexanizmlari yo‘lga qo‘yilgani muhim ahamiyatga ega. Shu bois Bosh prokuratura jamoatchilik e’tiborini yana bir bor energiya resurslarini talon-toroj qilish bilan bog‘liq har qanday holatning oldini olish, aybdor shaxslarga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratadi”, deyiladi idora axborot xizmati tomonidan e’lon qilingan videorolikda.
Fuqarolar energetika sohasidagi har qanday qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish, noqonuniy foydalanilayotganini o‘z vaqtida aniqlashda faol hamkorlikka chaqirilgan.
Buning uchun ular o‘zlari yashayotgan hududda energetika sohasiga oid biror-bir qonunbuzilishiga guvoh bo‘lishsa, bu haqda EnergonazoratBot orqali xabar berishlari talab etiladi.
“Buning uchun qonunbuzilishi holatini suratga olasiz va maxsus Telegram botga kirib, obekt joylashgan hududni yozib, yuborish tugmasini bosasiz.
Maxsus Telegram botga kelib tushgan har qanday ma’lumot prokuratura organlarida tashkil qilingan Ishchi guruhga avtomatik tarzda kelib tushadi. Ishchi guruh tomonidan har bir qonunbuzilish holati haqidagi ma’lumot sinchiklab o‘rganib chiqiladi va natijasi bo‘yicha qonuniy choralar ko‘riladi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yilning 16 yanvarida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston energetika tizimidagi muammolarga tizimsiz ishlash, energoresurslarni talon-toroj qilish holatlari ham sabab bo‘layotgani, xususan, o‘tgan bir oyda elektrga 5 mingta, gazga 4,5 mingta noqonuniy ulanishlar aniqlanganini tanqid qilgandi.
Yig‘ilishda muammolar tizimdagi korrupsiya bilan bog‘liqligi ta’kidlanib, DXX va Bosh prokuraturaga uni yo‘q qilish bo‘yicha alohida choralar ko‘rish to‘g‘risida topshiriq berilgandi.
6 fevraldagi yig‘ilishda energetika tizimida o‘g‘rilik juda katta ekani yana bir marta ta’kidlangan, prezident mas’ullarga energetika nazorati bo‘yicha ikki yil “favqulodda tartibda” ishlash vazifasini yuklagandi.
Yanvar oyida 85 mlrd so‘mlik tabiiy gaz, 5,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘irlangani aniqlandi.
Shundan so‘ng prezident tomonidan imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks hamda Jinoyat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra “svet” va gazdan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish o‘g‘rilik deb belgilandi.
Shuningdek, prezidentning “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Bosh prokurorning yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan o‘rinbosari lavozimi tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya va Fransiya FCAS jangovar samolyoti bo‘yicha kelishmovchilikni hal qilmoqchi
Jahon | 14:06
-
Nescafé’dan ilk qahva, bankrot bo‘lgan Kia va YandexMoney ochilishi – 24 iyul dunyo biznesi tarixida
Biznes | 14:02
-
2026 yildan transport majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasi chegarasi ikki baravar oshadi
Avto | 13:55
-
Qalbaki dori vositalari ishlab chiqarilgan xonadon aniqlandi
Jamiyat | 13:46
Mavzuga oid

19:45 / 20.06.2025
O‘zbekiston Rossiya bilan katta AES masalasida bitim imzoladi

16:33 / 06.06.2025
Gaz va elektr kompensatsiyasi uchun ariza qabul qilish boshlandi

09:02 / 04.06.2025
Jamshid Qo‘chqorov – energotariflar oshishi, iqtisodiy o‘sish va tashqi qarzlar haqida

22:04 / 23.04.2025