Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiya bilan katta AES masalasida bitim imzoladi
Bitim O‘zbekistonda katta quvvatli atom elektr stansiyasini qurish imkoniyatlarini o‘rganishni nazarda tutadi. Gap har biri 1 GW quvvatli ikkita energoblok (keyinchalik to‘rttagacha kengaytirish ehtimoli bilan) haqida ketyapti. Kichik stansiyaning quvvati esa avval kelishilganidek 330 MW emas, 110 MW bo‘lishi mumkin. Yangi bitim bo‘yicha “Rosatom” bergan dastlabki bayonot yolg‘on bo‘lib chiqdi.

Foto: "O‘zatom" matbuot xizmati
“O‘zatom” agentligi va “Rosatom” davlat korporatsiyasi O‘zbekistonda katta quvvatli atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha bitim imzoladi.
Bu haqda xabar bergan “Rosatom” bayonotida hujjat avvaliga “O‘zbekiston Respublikasida katta quvvatli AES qurish loyihasini amalga oshirishning asosiy shartlari to‘g‘risida” deb atalgan edi.
Keyinroq press-reliz tahrirlanib, imzolangan hujjatning nomi “O‘zbekiston Respublikasida katta quvvatli AES qurish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish to‘g‘risida” deb o‘zgartirildi.
“O‘zbekistonda kichik modulli elektr stansiyasi zamonaviy kichik atom elektr stansiyasining sayyoradagi birinchi eksport mahsulotidir. Hozir loyihani kengaytirish va ushbu gigavattli maydonda yana ikkita yirik energiya blokini qurish ustida ishlayapmiz”, dedi “Rosatom” bosh direktori Aleksey Lixachev.
Rossiya hukumati raisi o‘rinbosari Aleksandr Novakka ko‘ra, Rossiya O‘zbekistonda 2 GW quvvatli katta AES va 110 MW quvvatli kichik AES qurishni rejalashtiryapti.
“Bugun AES qurilishining aniq iqtisodiy parametrlari muhokama qilinmoqda. Bu 1000 MW quvvatga ega ikkita katta energoblok va 55 MW quvvatga ega ikkita kichik blok bo‘ladi. Birinchi marta O‘zbekistonda kichik quvvatli atom stansiyasini qurishni amalga oshiramiz”, – dedi Novak Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida.
“Rosatom” o‘z bayonotini yuqorida keltirilgan tarzda tahrirlagani – “O‘zatom” tomonidan ham press-reliz e’lon qilinishi fonida ro‘y berdi.
O‘zbekiston tomonining axborotida bu bitim “katta quvvatli AES qurish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganish to‘g‘risida” deb nomlangan.
“Hujjat ikkita VVER-1000 qurilishini kelgusida to‘rtta energoblokkacha kengaytirish bilan amalga oshirish mumkin bo‘lgan asosiy shartlarni o‘z ichiga oladi”, deyiladi “O‘zatom” press-relizida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya AES qurish bo‘yicha 2018 yilda shartnoma tuzgan, o‘shanda 1,2 GW quvvatga ega ikkita energoblok reja qilingandi. Keyinchalik shartnomaga o‘zgarish kiritildi va Jizzaxda kam quvvatli (330 MW) AES qurishga qaror qilindi.
2025 yil mart oyiga kelib, “Rosatom” va “O‘zatom” kun tartibiga yirik atom elektr stansiyasini yaratish loyihasini amalga oshirish istiqbollari masalasini kiritdi.
O‘sha oy oxirida O‘zbekiston prezidenti huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda katta quvvatli atom elektr stansiyasini joylashtirish va qurish masalasi muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev aprel oyi oxirida “Rosatom” direktori Aleksey Lixachev Toshkentda qabul qilgandi.
“Agar emas, qachonki O‘zbekiston rahbariyati katta AES mavzusiga qaytsa, bizda nafaqat bo‘lajak obektlarning shakl-u shamoyili bo‘yicha, balki shu yerda, O‘zbekistonda mahalliylashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va katta ko‘lamdagi ishlarni o‘z ichiga oluvchi moliyaviy va tashkiliy masalalarda ham tayyor takliflarimiz bo‘ladi”, – degandi o‘shanda Lixachyov.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vengriyadagi eng qadimiy kutubxona qo‘ng‘izlar sabab yuz minglab kitoblaridan ayrilishi mumkin
Jahon | 16:48
-
«Tarixchi va kontrrazvedkachi». Kiyevda o‘ldirilgan UXX polkovnigi Ivan Voronich haqida nimalar ma’lum?
Jahon | 16:42
-
Qozonda qurol «qaynadi», Trampning ohangi o‘zgardi – hafta dayjesti
Jahon | 16:06
-
FT: Pentagon Tayvan masalasida Avstraliya va Yaponiyaga bosim o‘tkazmoqda
Jahon | 15:50
Mavzuga oid

09:25 / 05.07.2025
Zaporijjya AESda Rossiya zarbasi tufayli blekaut yuz berdi

13:00 / 30.06.2025
Vengriya TIV: AQSh Rossiya bilan AES qurishga to‘sqinlik qilgan sanksiyalarni olib tashladi

12:58 / 26.06.2025
Senat yadroviy zarar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilishni ma’qulladi

10:49 / 23.06.2025