Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqarada Turkiy investitsiya fondini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 mart kuni Anqara shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda sammitida ishtirok etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston yetakchisi raisligida o‘tgan tadbirda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar, TDT bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev hamda Tashkilot institutlari va tuzilmalarining boshqa vakillari qatnashdi.
Kun tartibiga muvofiq, favqulodda vaziyatlarni boshqarish va gumanitar yordam ko‘rsatish sohasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari hamda tabiiy ofatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish borasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda vaziyatlarga ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalar bilan amaliy hamkorligini kuchaytirish lozimligiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston prezidenti Tashkilotdagi qator mamlakatlarda bo‘lajak muhim siyosiy voqealar, shu jumladan saylovlarning muvaffaqiyatli o‘tkazilishini tiladi hamda yaqinlashib kelayotgan bahor va yangilanish bayrami – Navro‘z hamda muborak Ramazon oyi bilan muborakbod etdi.
Sammit yakunida Anqara deklaratsiyasi qabul qilindi, Turkiy investitsiya fondini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi hamda fuqaro muhofazasi mexanizmini shakllantirish yuzasidan bitimni tayyorlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

19:11 / 13.04.2025
CNN Turk: Rossiya va Ukraina 15-16 aprel kunlari Anqarada muzokaralar o‘tkazadi

17:48 / 07.02.2025
Anqarada qalbaki alkogoldan 33 kishi vafot etdi

01:02 / 24.10.2024
Anqaradagi terakt qurbonlari soni besh kishiga yetdi. Erdo‘g‘an Qozonga tashrifini yakunlamoqda

20:55 / 23.10.2024