O‘zbekiston yosh hokkeychilari Osiyo chempioni bo‘ldi

Sport 17:41 / 15.03.2023 20971

Mo‘g‘ulistonda 18 yoshgacha bo‘lgan hokkeychilar o‘rtasida IIHF Osiyo va Okeaniya chempionati o‘tkazilmoqda.

Musobaqada O‘zbekiston U18 milliy jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Yosh hokkeychilar Turkmaniston (5:0), Eron (14:1), Mo‘g‘uliston (7:4) va Tailand (10:2) ustidan g‘alaba qozonib, 12 ochko jamg‘arib, muddatidan oldin turnir g‘olibi bo‘ldi. So‘nggi turdan o‘rin olgan BAA hokkeychilariga qarshi 17 mart kungi bahs hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.

Foto: IIHF.com

O‘zbekiston U18 milliy jamoasi tarkibi Toshkentning «Humo» va «Binokor» klubi hokkeychilaridan tarkib topgan. Jamoaga rossiyalik Artur Faxrutdinov murabbiylik qiladi.

Turnir bombardirlari ro‘yxatida o‘zbekistonlik Jasurbek Rustamxonov 16 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. U 9 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ko‘proq yangiliklar: