U-20 Osiyo Kubogi. Guruh bosqichi yakunlari bo‘yicha faktlar

Sport 11:36 / 10.03.2023 23345

9 kun ichida o‘tgan 24ta o‘yinda 55ta to‘p kiritildi. Bahslarning 5tasida durang qayd etildi (hammasi 3-turda), 19ta bellashuv esa u yoki bu jamoaning g‘alabasi bilan tugadi. 

Quyida guruh bosqichidagi ba’zi faktlarni keltirib o‘tamiz: 

  • O‘zbekiston va Janubiy Koreya darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. 
  • Avstraliya guruhni 2-o‘rinda yakunlagan bo‘lsa-da, eng ko‘p gol urgan jamoaga aylandi — 12.
  • Qatar esa eng ko‘p to‘p o‘tkazib yuborgan (12) va ochko ololmagan jamoa bo‘ldi. 
  • Eng yirik hisob Avstraliya — Qatar (9:1) o‘yinida qayd etildi.
  • Guruhda faqat Yaponiya 100 foizlik natija ko‘rsatdi.
  • Vetnam 6 ochko bilan guruhda qolib ketdi.
  • Yaponiyalik Naoki Kumata 3ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida peshqadam bo‘lib turibdi.

«A» guruhi
1. O‘zbekiston — 7 (to‘plar nisbati — +3)
2. Iroq — 4 (+1)
3. Indoneziya — 4 (-1)
4. Suriya — 1 (-3)

«V» guruhi
1. Eron — 6 (+2)
2. Avstraliya — 6 (+6)
3. Vetnam — 6 (0)
4. Qatar — 0 (-10)

«S» guruhi 
1. Janubiy Koreya — 7 (+6)
2. Iordaniya — 4 (0)
3. Tojikiston — 4 (-1)
4. Ummon — 1 (-5)

«D» guruhi
1. Yaponiya — 9 (+5)
2. Xitoy — 4 (+1)
3. Saudiya Arabistoni — 3 (-2)
4. Qirg‘iziston — 1 (-4)

Chorakfinal taqvimi: 
11 mart

15:00. Eron — Iroq («Jar»)
19:00. O‘zbekiston — Avstraliya («Bunyodkor») 

12 mart
15:00. Janubiy Koreya — Xitoy («Jar»)
19:00. Yaponiya — Iordaniya («Lokomotiv»)

Ma’lumot uchun, yarimfinalga chiqqan jamoalar jahon chempionatiga ham yo‘llanma qo‘lga kiritishadi.

Ko‘proq yangiliklar: