O‘zbekiston U-23 jamoasining Osiyo Kubogi uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi - Fayzullayev va Husanov bor

Sport 10:17 / 17.04.2024 10547

O‘zbekiston olimpiya jamoasining Osiyo Kubogi uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi. 

Dohada o‘tadigan turnir qaydnomasiga kutilgan barcha legionerlar — Abbos Fayzullayev (TsSKA, Rossiya), Abduqodir Husanov («Lans», Fransiya), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev («Qayrat», Qozog‘iston) va Hojimat Erkinov («Al Vahda», BAA) kiritildi. Ular dastlabki ro‘yxatda bo‘lgan Odil Abdumajidov, Ahmadillo Muqimjonov, Behruz Asqarov va Po‘latxo‘ja Xoldorxonov o‘rnini egallashdi. 

Ammo Fayzullayev va Husanov keyinroq, ehtimol, pley-off bosqichidan tarkibga qo‘shilishi mumkin. O‘FA matbuot xizmati bu borada qo‘shimcha ma’lumot berishini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Temur Kapadze shogirdlari 1-turni bugun, 17 aprel kuni Malayziyaga qarshi o‘tkazishadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: