Doimo hayratlantiradigan maskan - Boysun | Manzil

Jamiyat 14:38 / 08.03.2023 33486

"Manzil" Samarqand-Qashqadaryo-Surxondaryo yo‘nalishi bo‘yicha sayohatining so‘nggi manzili Boysunga yo‘l oldi. Qamashidan yo‘lga chiqib, o‘ziga xos ajoyib maskanlarni tomosha qilib, Surxondaryoga yetib keldik. Sayohatimiz mobaynida Boysunning Duoba hamda Omonxona qishloqlarini tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldik.

Duoba qishlog‘i Boysun markazidan 35 km uzoqda, tog‘lar oshib boradigan yerda joylashgan. Ikki suv ma’nosini beruvchi ushbu qishloqqa faqat tog‘da yurishga mo‘ljallangan mashinalardagina borish mumkin. Qalin yog‘gan qor shunday mashinalar harakatini ham qiyinlashtirgan. Bir kunda bir marta borish mumkin bo‘lgan o‘ziga xos maskanda insonlar qanday yashashi  bilan qiziqdik.

Duobaliklarning asosiy tirikchiligi bog‘dorchilik va chorvachilikdir. Qishloqqa kelgan odam tabiat go‘zalligini ko‘rib hayratda qoladi.

Ikkinchi manzilimiz esa Omonxona qishlog‘i bo‘ldi. Bu yerda yer ostidan ko‘plab kasalliklarga shifo bo‘luvchi suv chiqadi. Jigar kasalliklari uchun foydali suv bo‘lgani uchun bu yerga kelib davolanuvchilar soni juda ko‘p.

Avvalroq Boysunning Darband qishlog‘iga sayohat qilgandik. U sayohatimiz ham bu galgi sayohatimiz ham insonni hayratga soladigan darajada taassurotlarga boy bo‘ldi. Ko‘rsatuvimizni tomosha qilib, o‘zingiz bunga amin bo‘lishingiz mumkin.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus

Ko‘proq yangiliklar: