O‘zbekiston yoshlar jamoasi guruhdagi so‘nggi uchrashuvda Indoneziyaga qarshi maydonga tushdi. Farg‘onadagi bahs hujumkor o‘tgan bo‘lsa-da, o‘yinda hisob ochilmadi – 0:0.
Toshkentda o‘tgan parallel o‘yinda esa Iroq Suriya bilan murosa ko‘chasini tanladi – 1:1.
Shu tariqa, O‘zbekiston U20 jamoasi 7 ochko bilan guruhdan peshqadam sifatida chorakfinalga yo‘llanma oldi. 2-o‘rin esa Iroqqa nasib etdi.
Ravshan Haydarov shogirdlari 11 mart kuni 1/4 finalda B guruhida 2-o‘rinni egallagan Avstraliyaga qarshi saf tortadi. Iroq esa B guruhi peshqadami Eronga qarshi maydonga tushadi. Yarimfinal yo‘llanmasi jamoalarga JCh-2023 yo‘llanmasini taqdim etadi.
Osiyo Kubogi U20.
7 mart (seshanba)
A guruhi. 3-tur
O‘zbekiston – Indoneziya 0:0
Hakam: Majid Muhammad Al-Shamroni (Saudiya Arabistoni)
O‘zbekiston U20: 21.Otabek Boymurodov, 2.Izzatullo Po‘latov (13.Zafarmurod Abdiraxmatov, 65), 3.Abduqodir Husanov, 4.Abubakr Ashurov, 5.Javohir O‘tamurodov, 7.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (11.Shahriyor Jabborov, 82) , 10.Umarali Rahmonaliyev, 14.Abbosbek Fayzullayev, 15.Diyorbek Ortiqboyev (23.Asadbek Jo‘raboyev, 65) 18.Saidafzalxon Axrorov (20.Mahmudjon Mahamadjanov, 82), 22.Sherzod Esanov
Indoneziya U-20: 22.Daffa Sumavijaya, 4.Ferarri, 5. Kakang Rudianto, 8. Arxan Fikri, 9. Hokki Brilliant, 10.Ronaldo Joybera, 12.Ahmad Maulana Syarif, 14.Robi Darvis, 16.Doni Pamungkas, 21.Samir.
Iroq – Suriya 1:1
Gollar: Haydar Abdulkarim 17 - Ar-Ramazon 90+5.
A guruhidagi yakuniy vaziyat: