Osiyo kubogi U20. O‘zbekiston Iroqni mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi

Sport 21:10 / 04.03.2023 26943

«Bunyodkor» stadionida o‘tgan bahsda O‘zbekiston yoshlar jamoasi guruhdagi asosiy raqib Iroqqa qarshi saf tortib, qiyin g‘alabaga erishdi. 

17-daqiqada Po‘latxo‘ja Xoldorxonov jarima maydoni ichidan zarba yo‘llab, stadionni larzaga keltirdi – 1:0.

Bo‘lim yakunida esa Shahzodbek Rahmatullayev qo‘polligi sababli bosh hakam tomonidan maydondan chetlatilgach, Ravshan Haydarov shogirdlari maydonda bir kishi kamchilikda qolishdi.

Shunga qaramay, vakillarimiz o‘yin oxiriga qadar muhim g‘alabani saqlab qolishga erishishdi va 2 o‘yinda 6 ochko jamg‘arib, chorakfinalga yo‘llanma olgan dastlabki jamoaga aylanishdi. Vakillarimiz 3-turni Farg‘onada Indoneziyaga qarshi o‘tkazishadi. 

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda esa Indoneziya Suriya ustidan g‘alabaga erishdi. 

Osiyo kubogi U20.
Iroq U20 – O‘zbekiston U20 – 0:1

Hakam: Yayoyo Al-Mulla (BAA)
Gol: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 17.
Iroq U20: 22.Hussayn Hassan, 4.Kadim Hotam, 5.Abdul Razzoq Qosim, 6.Adam Tolib, 10.Abdul Qodir Jamil, 16.Ali Jassim, 17.Muslim Mussa, 18.Ali Sodiq, 19.Sajjad Muhammad, 21.Haydar Abdulkarim, 22.Hussayn Hasan, 23.Abbuud Rabah
O‘zbekiston U-20: 21.Otabek Boymurodov, 3.Abduqodir Husanov, 6.Jahongir O‘rozov, 7.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 8.Behro‘zbek Asqarov, 10.Umarali Rahmonaliyev, 13. Zafarmurod Abdurahmatov, 14. Abbosbek Fayzullayev, 15. Diyorbek Ortiqboyev, 17. Nodirbek Abdurazzoqov (16.Shahzodbek Rahmatullayev, 35), 20. Mahmudjon Mahamadjanov.
Chetlatish: Shahzodbek Rahmatullayev, 44.

Suriya – Indoneziya – 0:1
Gol: Xokki Brilliant, 35.

Ko‘proq yangiliklar: