Ravshan Haydarov - O‘zbekiston bilan rasmiy musobaqalarda 2 marta g‘alaba qozongan birinchi murabbiy 

Sport 21:35 / 18.03.2023 38946

Natijada, Ravshan Hadarov O‘zbekiston bilan rasmiy musobaqalarda 2 marta g‘alaba qozongan birinchi murabbiy bo‘ldi. U 2018 yilda Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston U23 jamoasi bilan finalga chiqib, Vetnam yoshlar jamoasini qo‘shimcha taymlardan keyin 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi. 

O‘zbekistonning turli yoshdagi jamoalari bilan finalga chiqqan barcha murabbiylar va ularning natijalari: 

1. Rustam Akramov – 1994 yili Yaponiyaning Xirosima shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston milliy jamoasi bilan finalga chiqib, Xitoyni 4:2 hisobida mag‘lub etgan. 

2. Ahmadjon Ubaydullayev – 2008 yilda Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston U19 jamoasi bilan finalga chiqib, BAA yoshlar jamoasiga 1:2 hisobida yutqazgan. 

3. Aleksey Yevstafeyev - 2010 yilda Toshkentda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston U16 jamoasi bilan finalga chiqib, KXDR o‘smirlar jamoasiga 0:2 hisobida yutqazgan. 

4. Dilshod Nuraliyev - 2012 yilda Eronda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston U16 jamoasi bilan finalga chiqib, Yaponiya o‘smirlar jamoasini penaltilar seriyasida 3:1 hisobida mag‘lub etgan (asosiy vaqt 1:1). 

5. Ravshan Haydarov - 2018 yilda Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston U23 jamoasi bilan finalga chiqib, Vetnam yoshlar jamoasini qo‘shimcha taymlardan keyin 2:1 hisobida mag‘lub etgan. 

6. Temur Kapadze - 2022 yilda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston U23 jamoasi bilan finalga chiqdi. Hal qiluvchi bahsda Saudiya Arabistoni yoshlar jamoasiga 0:2 hisobida yutqazdi. 

7. Ravshan Haydarov - 2023 yilda O‘zbekistonda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston U20 jamoasi bilan finalga chiqib, Iroq o‘smirlar jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ko‘proq yangiliklar: