Sirdaryo tumani hokimi o‘quvchi qizlarga non yopishni o‘rgatish tashabbusi bilan chiqdi
Sirdaryo tumani hokimi Botir Mirzaqulov maktablar negizida tashkil etilgan "Hayot maktabi" loyihasi haqida to‘xtalib o‘tib, hayotiy misollarni keltirib o‘tdi, deb yozadi "Sirdaryo sadosi".

Botir Mirzaqulov
"O‘quvchi qizlarimizni haftada bir kun hayotga o‘rgatish kuni bo‘ladi. Bir kun 5 soat non pishirish o‘rgatiladi, qanday qilib un, qanday qilib suv qo‘shiladi, qancha sut qo‘shiladi, qanday qilib tandirga yopiladi. Oxirida shu sinfda o‘qigan 10 qiz, o‘zlari pishirgan nonlardan uyiga olib ketadi. Bir kun osh pishirish o‘rgatiladi, bir kun qatlama, bir kun manti pishirishadi. Pazandachilik o‘rgatiladi" , - degan Botir Mirzaqulov.
Hokim shuningdek, ayrim xotin-qizlarning tandirda non yopmayotganliklari haqida ham aytib o‘tdi:
- O‘sha joyda men to‘rtta ayoldan so‘radim, oxirgi marta qachon non yopdingiz desam, to‘rtta ayol ham 5-10 yil avval non yopgan ekan... "Ujye" non yopmaydigan bo‘lib ketishibdi. "Ujye" u avlod non pishirishni o‘rgatadigan avlod yo‘qolib boryapti-da, kamayib boryapti. Dalada hamma g‘o‘zapoya qolib ketdi-ku bu yil, hamma non sotib olishga o‘tdida, non pishiradigan odamlar kamayib ketib, dalalarda g‘o‘zapoyalar ham qolib ketyapti.
"Botir Mirzaqulov ta’limning muhimligi, yoshlarga o‘qish bilan birgalikda hunar o‘rgatish, "Hayot maktabi" loyihasining bugungi kunda qanchalik muhim ekanligi haqida aniq misollar keltirib o‘tdi", deyiladi "Sirdaryo sadosi" ma’lumotida.
Mavzuga oid

16:53 / 28.02.2025
Sirdaryoda uch egizak tug‘ildi

17:42 / 27.02.2025
Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

18:10 / 25.02.2025
Sirdaryoda renovatsiya dasturi asosida 15 ming xonadonli uy-joylar quriladi

15:40 / 16.02.2025