Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya Shimoliy Irlandiya bo‘yicha kelishuvga erishdi
Uzoq davom etgan mojaroning markazida Shimoliy Irlandiya protokoli turgandi. Bitim Buyuk Britaniyaning Shimoliy Irlandiya provinsiyasi va YeI tarkibiga kiruvchi Irlandiya o‘rtasidagi tovarlar harakatini tartibga solishga qaratilgan.

Rishi Sunak va Ursula fon der Lyayyen / Foto: Shutterstock
Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya "Brekzit"dan keyin Shimoliy Irlandiya bo‘yicha uzoq yillik savdo mojarosini hal qilishga qaratilgan kelishuvga erishdi. Bu haqda 27 fevral, dushanba kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qilishdi.
Britaniya hukumati rahbari ta’kidlaganidek, Shimoliy Irlandiya bo‘yicha "Brekzit"dan keyin Britaniya provinsiyasi bilan asosan bojxona va chegara masalalari bo‘yicha munosabatlarni tartibga soluvchi dastlabki protokol o‘zgartiriladi. Kelishuv Irlandiya dengizida erkin savdoni chegaralarsiz, to‘siqlarsiz amalga oshirish imkonini beradi, dedi siyosatchi hamda hujjat Buyuk Britaniya va YeI o‘rtasidagi munosabatlarda yangi bobning boshlanishi bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Uzoq davom etgan mojaroning markazida Shimoliy Irlandiya protokoli turgandi. Bu 2020 yilgi "Brekzit" bo‘yicha haqiqiy kelishuvga qo‘shimcha hisoblanadi. Protokol Shimoliy Irlandiyadagi Britaniya provinsiyasi va Yevropa Ittifoqiga a’zo Irlandiya o‘rtasidagi tovarlar harakatini tartibga soladi. U Shimoliy Irlandiyada bir necha o‘n yillar davomida davom etayotgan mojaroning qayta tiklanishi xavfi bilan tegishli nazorat ostida Irlandiya orolida qattiq chegara paydo bo‘lishining oldini olish uchun amalga oshiriladi. Asosan protestant bo‘lgan Britaniya tarafdori bo‘lgan ittifoqchilar va Shimoliy Irlandiyani Irlandiya Respublikasi bilan birlashtirish tarafdorlari - asosan katoliklar o‘rtasida yangi zo‘ravonlik paydo bo‘lishi mumkin degan xavotirlar bor edi.
Mavzuga oid

21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi

16:09 / 09.03.2025
Rishi Sunak: Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini Ukrainani tiklashga yo‘naltirish kerak

19:58 / 07.03.2025
Britaniya Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainaga birinchi milliard dollarni taqdim etdi

22:17 / 04.03.2025